Siyosat

Mirziyoyev Eron parlamenti rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Irana vo glave s predsedatelem Sobraniya Islamskogo Soveta Moxammadom Bagerom Galibafom.
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Irana vo glave s predsedatelem Sobraniya Islamskogo Soveta Moxammadom Bagerom Galibafom. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Eron Islomiy Kengash Majlisi raisi Muhammad Bagir Qolibof Oʻzbekistonga keldi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islomiy Kengash majlisi raisi Muhammad Bagir Qolibof boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Mirziyoyev Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yuqori surʼatda davom ettirish va ustuvor yoʻnalishlarda kengaytirishga xizmat qilayotgan faol muloqotlar va sermahsul almashinuvlarni mamnuniyat bilan qayd etdi.
Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik koʻrsatkichlari oʻsayotgani kuzatilmoqda – joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 40 foizga, qoʻshma korxona va loyihalar soni 360 tadan oshdi. Fevral oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va yetakchi korxonalari vakillari ishtirokida biznes forum muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Kelgusi oylarda qator muhim ikki tomonlama tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarda oʻzaro savdo hajmining oshishi uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, transport va logistika sohasidagi qoʻshma loyihalarni ilgari surish, ilmiy-texnik almashinuv dasturlarini amalga oshirish, hududlar va tadbirkorlar oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Kelishuvlarni amalga oshirish va oʻzaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli loyihalarini ilgari surish maqsadida samarali parlamentlararo muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi. Ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlikka erishish va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi yoʻlidagi koʻmakni kengaytirish muhim ekani qayd etildi.
Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari, shu jumladan joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida oʻtkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining kun tartibi koʻrib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0