O‘zbekiston platina ishlab chiqarishni boshlaydi

© Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O‘zbekiston platina ishlab chiqarishni boshlaydi
O‘zbekiston platina ishlab chiqarishni  boshlaydi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati oltinga nisabatan yer yuzida uch barobar kamroq uchraydigan nodir metallni ishlab chiqaradi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati platina ishlab chiqarish texnologiyasi uchun mualliflik huquqini oldi.
Qayd etilishicha, endilikda kombinatda oltinga nisbatan yer yuzida uch barobar kamroq uchraydigan platina metalli ham ishlab chiqarila boshlanadi.
“Dunyoda 5 ta yirik platina ishlab chiqaruvchi davlatlar mavjud bo‘lsa, O‘zbekistonda ham ushbu nodir metallni qo‘lga kiritish texnologiyasi ishlab chiqildi. OKMK olimlari va mutaxassislari tomonidan olib borilgan uzoq yillik ilmiy izlanishlar o‘z samarasini berdi”, deyiladi xabarda.
Hozirda OKMK 7 ta mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasiga oid mualliflik huqiqiga ega.
Ma’lumot uchun, platina zargarlar orasida “Rangli metallar malikasi” deya nom qozongan. Bugun dunyo bozorida uning 1 grammi 28 dollarga baholanmoqda.
Qo‘rg‘oshindan 2 barobar zich hisoblangan ushbu noyob metall, o‘tga chidamliligi, elektr o‘tkazuvchanligi, zanglamasligi tufayli kosmos sanoati, tibbiyot, elektrotexnika, shishasozlik sanoati, samolyot va kemasozlik, kimyo va avtomobilsozlik sanoatlarida keng qo‘llaniladi.
Yangiliklar lentasi
0