O‘zbekiston-Turkmaniston hududlararo forumida 451 million dollarlik bitimlar imzolandi

© Foto: MIVT UzbekistanaV Buxare sostoyalsya perviy uzbeksko-turkmenskiy mejregionalniy forum
V Buxare sostoyalsya perviy uzbeksko-turkmenskiy mejregionalniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
Buxorodagi birinchi forumda hududlararo aloqalarni mustahkamlash va iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan tashabbuslarni birgalikda rivojlantirish muhimligini ta’kidlandi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Buxoroda birinchi O‘zbekiston-Turkmaniston hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi. Forum yakunida umumiy qiymati 451 million dollarlik investitsiya va savdo bitimlari imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbirda ikki mamlakat delegatsiyalariga O‘zbekiston tomonidan bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Turkmaniston tomonidan Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Botir Atdayev rahbarlik qildi.
Delegatsiyalar tarkibiga ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, savdo-sanoat palatalari rahbarlari, mahalliy ma’muriyatlar rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar vakillari kirdi.
Tomonlar hududlararo aloqalarni mustahkamlash va iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan tashabbuslarni birgalikda rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, bu borada qo‘shma amaliy chora-tadbirlarni ko‘rishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Ikki mamlakat hududlarining rahbarlari va biznes missiyalarining muntazam o‘zaro tashriflarini tashkil qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, vazifalari hududlar o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini kashf etish, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, ularni hayotga tatbiq etish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilishdan iborat bo‘lgan doimiy ishchi guruhlar tashkil etilishi ma’lum qilindi.
Forum ishtirokchilari investitsiyaviy, sanoat va savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, kimyo, to‘qimachilik, charm-poyabzal va elektrotexnika sanoati kabi eng istiqbolli yo‘nalishlarga e’tibor qaratdilar.
Hududlararo aloqalarni rivojlantirish nuqtayi nazaridan chegaraoldi savdo zonalarini foydalanishga topshirish, savdo uylarini ochish hamda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
Yangiliklar lentasi
0