O‘zbekistonga jazirama ob-havo qaytmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOtes kupayet detey
Otes kupayet detey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
17 iyul kuni vodiy viloyatlarida harorat maksimum 41 darajagacha yetadi. 15-iyuldan boshlab janub tomonlarda haroratning 43 darajalik isishi kuzatiladi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zgidromet 14-17 iyul kunlari uchun kutilayotgan kelgusi to‘rt kunlik ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, kelgusi besh kun davomida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
17 iyul kuni vodiy viloyatlarida ham harorat maksimum 41 darajagacha yetadi. 15-iyuldan boshlab janub tomonlarda haroratning 43 darajalik isishi kuzatiladi.
Viloyatlar kesimida olib qarasak, harorat hududlarda quyidagicha bo‘ladi:
Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida harorat 14-iyul kuni kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja; 15-16 iyul kuni kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja; 17-iyul kuni kechasi 24-29 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat 14-iyul kuni kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja; 15-16 iyul kuni kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja; 17-iyul kuni kechasi 24-29 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlaridaharorat 14-iyul kuni kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja; 15-16 iyul kuni kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja; 17-iyul kuni kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi 14-16 iyul kuni 22-27 daraja, 17-iyul kuni 24-29 daraja, kunduzi 14-iyul kuni 37-42 daraja, 15-17 iyulda 38-43 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida harorat 14-iyul kuni kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja; 15-16 iyul kuni kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja; 17-iyul kuni kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 14-iyul kuni 23-28 daraja, 15-17 iyul kuni 28-33 darajagacha ko‘tariladi.
Yangiliklar lentasi
0