Jamiyat

Qarzdorlik mavjud transportlar statsionar postlarda toʻxtatiladi

© SputnikAvtomobilnoye dvijeniye
Avtomobilnoye dvijeniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Qizil” yoʻlakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari boʻyicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Endi qarzdorlik mavjud transportlar statsionar postlarda toʻxtatiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 8 iyul kuni qabul qilingan qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan.
Nizomga koʻra, transport vositalarining harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorugʻlik diodli ekran orqali ishora berish yoʻli bilan tartibga solinadi.
Ekranda aks ettirilmagan yoki “Yashil” yoʻlak boʻylab harakatlanish haqida ishora berilgan transportlar “Yashil” yoʻlak boʻylab toʻsiqsiz harakatlanadi.
“Qizil” yoʻlakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari boʻyicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi. Aniqlangan qarzdorliklar boʻyicha toʻlov amalga oshirilganidan soʻng, ularning harakatini davom ettirishiga ruxsat beriladi.
Qarzdorlik toʻlanmagan hollarda transport vositalari maxsus toʻxtash joylariga joylashtiriladi. Qarzdorlik aniqlangan transportlarga bir nechta hollarda, jumladan, qarzdorlikka asos boʻlgan qoidabuzarlik yuzasidan sudga murojaat qilinganda yoki ish sudda koʻrilayotganda harakatni davom ettirishga ruxsat beriladi.
Yangiliklar lentasi
0