Dunyoda

Shimoliy Koreya DXR mustaqilligini tan oldi

© Sputnik / Irina Gerashchenko / Fotobankka oʻtishFlag Donetskoy narodnoy respubliki v Donetske
Flag Donetskoy narodnoy respubliki v Donetske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
DXR rahbari Denis Pushilin Shimoliy Koreya respublikanini tan olganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. KXDR Donetsk Xalq Respublikasining mustaqilligini tan oldi. Bu haqda DXR rahbari Denis Pushilin maʼlum qildi.
"Donetsk Xalq Respublikasining xalqaro maqomi va uning davlatchiligi mustahkamlanishda davom etmoqda. Bu diplomatiyamizning yana bir gʻalabasi”, - deya yozdi Pushilin oʻzining telegram kanalida.
Uning soʻzlariga koʻra, bu qaror ikki respublika munosabatlarining keyingi rivojlanishining zamini boʻladi. U Shimoliy Koreya xalqiga Donbass aholisini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Avvalroq Suriya DXR va LXR mustaqilligini tan olish toʻgʻrisida qaror qilganini maʼlum qilgan edi.
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan edi.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan edi.
Yangiliklar lentasi
0