Twitter Ilon Maskni sudga berdi

© AFP 2023 / Patrick Pleul Generalniy direktor Tesla Ilon Mask na otkritii proizvodstva Tesla v Grunxayde
Generalniy direktor Tesla Ilon Mask na otkritii proizvodstva Tesla v Grunxayde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
Twitter amerikalik tadbirkor Ilon Maskni ijtimoiy tarmoqni sotib olmaslik qarori tufayli sudga berdi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Twitter kompaniyasi amerikalik tadbirkor, “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari rahbari Ilon Maskni ijtimoiy tarmoqni sotib olmaslik qarori tufayli sudga berdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Maskni ijtimoiy tarmoqni sotib olishga majburlash uchun 12-iyul kuni Twitter vakillari AQShning Delaver shtati sudiga da’vo vrizasi yuborgan.
“Maskning xatti-harakati uning o‘zi ixtiyoriy ravishda imzolagan majburiy shartnomadan qochishga intilayotganini va bu jarayonda Twitter’ga zarar yetkazmoqchi ekanligini tasdiqlaydi. Twitter ayblanuvchining qonunbuzarliklari natijasida tuzatib bo‘lmaydigan zarar ko‘rdi va bundan keyin ham zarar ko‘radi”, - deyiladi sud da’vosida.
25 aprel kuni Twitter rahbarlari Ilon Maskning ijtimoiy tarmoqni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik taklifini qabul qilganini e’lon qildi. May oyida Mask soxta akkauntlar sonini tekshirish natijalarini kutayotgani sababli bitim to‘xtatilganini e’lon qildi.
U ijtimoiy tarmoqni sotib olishdan bosh tortgach, Twitter aksiyalari sakkiz foizga tushib ketdi. Twitter rahbari Bret Teylor agar kelishuv amalga oshmasa, Mask kompaniyaga 1 milliard dollar to‘lashi kerakligini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0