Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

DXRda qo‘llanilayotgan “Uragan” tizimlari qanday ishlamoqda – video

© Sputnik / Ivan RodionovBoyevaya rabota raschetov reaktivnoy sistemi zalpovogo ognya "Uragan"
Boyevaya rabota raschetov reaktivnoy sistemi zalpovogo ognya Uragan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
9K57 "Uragan" – 220 millimetr kalibrli sovet zalp bilan o‘t sotuvchi reaktiv tizimi. O‘t ochishning maksimal uzoqligi – 35 km.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Donbassdagi maxsus harbiy operatsiya davomida Rossiya Qurolli kuchlari qo‘llayotgan “Uragan” zalp bilan o‘t sochuvchi reaktiv tizimlari ishi aks etgan lavha paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Chop qilingan videoda “O” (“Otvajnie”) guruhi harbiylari Lisichansk uchun kechgan janglarda omon qolgan Ukraina harbiylari bo‘linmalari chekingan Seversk shahri hududidagi ukrain qo‘shinlari pozitsiyalariga zarba berayotgani aks etgan.
9K57 "Uragan" – 220 millimetr kalibrli sovet zalp bilan o‘t sochuvchi reaktiv tizimi. O‘t ochishning maksimal uzoqligi – 35 km. Sovet armiyasi tomonidan Afg‘onistondagi urushda, Rossiya armiyasi tomonidan birinchi va ikkinchi Chechen urushlarida, Janubiy Osetiyadagi mojaroda qo‘llanilgan. Ukrainadagi maxsus operatsiya davomida 9K57 "Uragan”dan jang qilayotgan har ikki tomon foydalanmoqda.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan. 3-iyul kuni Lugansk xalq respublikasi to‘liq ozod qilindi.
Yangiliklar lentasi
0