Jamiyat

Xivada restavratsiya maktabi tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ushbu maktabda ustoz-shogird anʼanalarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni olib borish yoʻlga qoʻyiladi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi. Buni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolandi.
Qarorga koʻra, maktab YUNESKO koʻmagida tashkil etildi. Unga xorijdan yetakchi ekspertlarni jalb qilish koʻzda tutilgan.
Maktabning asosiy vazifalari:
tegishli mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish va bu kurslarga mahalliy hamda chet ellik mutaxassislarni jalb etish boʻyicha Markazga takliflar kiritish;
“ustoz-shogird” anʼanalarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni olib borish, shuningdek, sohaga yangi usul, material va texnologiyalar, xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini tatbiq etish boʻyicha ilmiy-amaliy asoslangan takliflar tayyorlash;
malaka oshirish kurslarining tinglovchilarida amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish hamda ular ishtirokida moddiy madaniy meros obʼyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishni tashkil qilishda koʻmaklashish;
asrashga doir ishlar sohasida mahalliy va chet ellik ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, anjuman va boshqa tadbirlar tashkil etish, shuningdek, uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish va eng yaxshi tajribalarni ommalashtirishda ishtirok etish.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yili “Madaniy meros obʼyektlari restavratsiyasi direktsiyasi” davlat muassasasi va uning davlat muassasasi shaklida Xiva, Samarqand, Buxoro, Termiz, Shahrisabz va Qoʻqon shahar mintaqaviy markazlariga asos solingandi.
Yangiliklar lentasi
0