Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Yoz chillasida kuniga o‘rtacha 2-3 litr suv ichish lozim - ekspert

© pexels.com/Daria ShevtsovaJenshina, derjashaya stakan vodi
Jenshina, derjashaya stakan vodi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
Yozning issiq kunlarida ko‘p terlash natijasida inson tanasi ko‘p suyuqlik yo‘qotadi.
Bunday paytda organizmning suv balansini kerakli ichimliklar bilan tiklash juda muhim. Sog‘liqni saqlash vazirligi materialiga asosan.
Xo‘sh, bu borada mutaxassislar qanday tavsiyalar beradi?
— Yozning issiq kunlarida sog‘lom inson o‘rtacha ikki-uch litr suyuqlik ichishi kerak, — deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ovqatlanish gigiyenasi va bolalar, o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi professori Guli Shayxova. — Ayniqsa, bunday ob-havoda eng yaxshi ichimlik toza suvdir.
Bunda nafaqat uning miqdori, balki harorati ham muhim. Xususan, 36-37 darajali oddiy suv organizmda metobolizm va ichak faoliyatini yaxshilab, qondagi xolesterin miqdorini pasaytiradi hamda tanadan toksinlarni haydaydi.
Chanqoq payti yashil yoki o‘simlik choylari (romashka, yalpiz va boshqalar), qorag‘at, olcha, olxo‘ri kabi nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar, ayron, kefir ichish juda foydali. Sababi, ular orqali organizmga mineral moddalar va vitaminlar kirib boradi.
Qahvani xush ko‘ruvchilar kuchli jazirama payti bu ichimlikdan voz kechishlari yaxshiroqdir. Chunki u chanqoqni bosmaydi, aksincha tarkibidagi kofein qon bosimini oshirib, tanani suvsizlantiradi.
Shuningdek, imkon qadar qadoqlangan sharbatlar, shirin gazli ichimliklarni taomnomadan chiqarib tashlash lozim. Sababi ular tarkibidagi ko‘p miqdordagi shakar va konservantlar chanqoqni yanada kuchaytiradi.
Yana shunday mahsulotlar borki, ular ham chanqoqni yaxshi bosadi. Bularga bodring, selderey, qovun, tarvuz, apelsin kiradi. Ayniqsa, yozgi taom bo‘lmish okroshka ham chanqoqni bosadi hamda u kerakli mikroelement va vitaminlarga boydir.
Biroz yozda oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar tarkibi tez buzilishini e’tiborga olsak, bozorlarda, katta yo‘l chetlarida sotiladigan qo‘lbola va yaroqlilik muddati o‘tgan ichimliklarni ichish salomatlik uchun xavfli.
Yurak-qon tomir, buyrak xastaligidan aziyat chekuvchi insonlarga esa ko‘p suv ichish tavsiya etilmaydi. Bunday bemorlar shifokor nazorati ostida suyuqlik iste’mol qilishlari lozim.
Yangiliklar lentasi
0