Ayrim san’atkorlar davlat bojini to‘lashdan ozod etildi

© Sputnik . Zafar XalilovPrazdnichniy konsert v parke "Yangi Uzbekiston"
Prazdnichniy konsert v parke Yangi Uzbekiston - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna bo‘lish
2024 yil 1-yanvardan xonandalardan, 2026-yil 1-yanvardan qolgan ijrochilardan daromad solig‘i faqat deklaratsiya asosida undiriladi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda xonandalardan daromad solig‘i undirish miqdorlari belgilandi. Bu prezident 13-iyul kuni imzolagan “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonda ko‘zda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, quyidagi san’atkorlar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi:
yoshga doir pensiya olish huquqiga ega;
nogiron;
ta’lim muassasalarida o‘qiydigan talabalar – o‘qish muddati davomida;
Yuridik shaxs tashkil etgan ijodiy jamoalardan davlat boji yagona litsenziya bo‘yicha undiriladi.
Shuningdek, konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi ijrochilarning reyting guruhlari soni 6 tadan 3 taga qisqartirildi.
Reyting guruhlari quyidagicha taqsimlanadi:
I reyting guruhi:
respublika hududida va uning tashqarisida yakkaxon konsert tashkil etish;
II va III reyting guruhlari ijrochilari uchun nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish;
II reyting guruhi:
bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturida, turli janrlar yo‘nalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturida qatnashish;
OAVda qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etish;
III reyting guruhi ijrochisi uchun nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish;
III reyting guruhi:
to‘y, yubiley, tantanalarda konsert-tomosha xizmatlarini ko‘rsatish;
sozanda va raqqos(a)lar tomonidan bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert-tomosha dasturlarini tashkil etish va ularda qatnashish.
Konsert-tomosha faoliyati litsenziyasi uchun davlat bojini undirish shu yil 1-sentabrdan:
Davlat boji stavkalari pasaytiriladi:
I reyting guruhi uchun BHMning 20 baravari;
II reyting guruhi uchun BHMning 10 baravari;
III reyting guruhi uchun BHMning 3 baravari;
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar daromad solig‘ini deklaratsiya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdorda to‘lashi mumkin.
2024 yil 1-yanvardan xonandalardan, 2026-yil 1-yanvardan qolgan ijrochilardan daromad solig‘i faqat deklaratsiya asosida undiriladi.
Deklaratsiya asosida soliq to‘lashni tanlagan ijrochilar uchun:
yillik umumiy daromadning 30 foizidagi xarajatlar tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmagan holda chegiriladi;
xarajatlar summasi daromadning30 foizidan oshganda daromadning 10 foizi miqdori chegiriladi;
litsenziya uchun undirilgan davlat boji va ijtimoiy soliq summalari xarajat sifatida qayd etiladi hamdadaromadlar tarkibidan chegiriladi.
Qat’iy belgilangan miqdordagi soliq to‘lashni tanlagan ijrochilardan daromad solig‘i bir yilda bir marta quyidagi miqdorlarda undiriladi:
I reyting guruhi ijrochilaridan 2,7 mln so‘m;
II reyting guruhi ijrochilaridan 1,8 mln so‘m;
III reyting guruhi ijrochilaridan 1,0 mln so‘m.
2024 yil 1-yanvarga qadar III reyting guruhi ijrochilari qat’iy belgilangan miqdordagi soliq to‘lashdan ozod etiladi.
2025 yil 1-yanvarga qadar konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar mehnat shartnomasi asosida band bo‘lmagan taqdirda, ulardan konsert-tomosha faoliyati bo‘yicha ijtimoiy soliq bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida undiriladi
Yangiliklar lentasi
0