“Baron 2” O‘zbekiston va Rossiyada kinoprokatga chiqadi” – rejissor Rustam Sa’diyev

© Sputnik / V. KovreinZritelniy zal v tashkentskom Dome kino.
Zritelniy zal v tashkentskom Dome kino. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna bo‘lish
Kinematografiyada O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik borgan sari rivojlanib bormoqda.
Bir nechta kinomutaxassislar Sputnik muxbiriga bu yilgi hamkorlik loyihalari haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.

Yangi filmlar

Joriy yilda Kinematografiya agentligi hamda Rossiyaning “Sputnik Vostok prodakshn” kinokompaniyasi bilan rej. Eldar Salavatovning “Quyosh ta’mi” (“Solnse na vkus”), “VEGA” kinokompaniyasi bilan rej. Farhod Mahmudovning “Parining sovg‘asi” (“Podarok Peri”), “Inferno” kinokompaniyasi bilan rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron 2” kabi badiiy filmlar suratga olingan.
© Press-slujba agentstva kinematografiiPamatnaya tarelka so syemok filma "Solnse na vkus"
Pamatnaya tarelka so syemok filma Solnse na vkus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Pamatnaya tarelka so syemok filma "Solnse na vkus"
“27 iyundan 3-iyulga qadar Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Yoshlar va kino” haftaligida “Quyosh ta’mi” va “Parining sovg‘asi” filmlarini premyeralarini o‘tkazdik. Ikkala film ham bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sarguzasht, ertak va oilaviy fentezi janrlarida yaratilgan va yoshlar tomonidan juda katta qiziqish bilan kutib olindi. O‘ylaymanki, tajribali rossiyalik kinoijodkorlar bilan o‘zaro hamkorlikda olingan filmlar albatta o‘z natijasini beradi”, dedi “Yoshlik” kinostudiyasi direktor o‘rinbosari, ssenarist Aziz Qurbonov.
O‘zbekistonda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Baron” kinoloyihasining ikkinchi qismi haqida filmning postanovkachi rejissori Rustam Sa’diyev so‘zladi:
© Press-slujba agentstva kinematografiiPoster k kinofilmu "Baron"
Poster k kinofilmu Baron - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Poster k kinofilmu "Baron"
“Baron 2” filmi deyarli tayyor, iyul oyida Moskva shahrida mutaxassislar va OAV vakillari uchun maxsus namoyish etiladi. Avgust oyida esa filmni O‘zbekiston va Rossiyada katta premyerasi o‘tkazilib, kinoprokatga chiqarishni rejalashtirib turibmiz. Filmning ikkinchi qismi ham muxlislar e’tiborini qozonishiga va qadrdon kinoasarga aylanib qolishiga ishonaman!”, dedi rejissor Rustam Sa’diyev.
Oldinda Rossiyaning “Lestnitsa” kino maktabi bilan hamkorlikda “Gladiator”, “Telekino” studiyasi bilan “Yangi Ipak yo‘lida. Zamonaviy O‘zbekistonning madaniyati va san’ati” (“Na novom sholkovom puti. Kultura i iskusstvo sovremennogo Uzbekistana”) kabi kinokartinalar yaratilishi rejalashtirilgan.

Hujjatli kino sohasidagi hamkorlik

“O‘zbekiston, Rossiya, Italiya va AQSh hamkorligida “Marko Poloning O‘zbekistonga sayohati” (“Priklyucheniya Marko Polo v Uzbekistane”), “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida”, (“Kulturnoe nasledie Uzbekistana v sobraniyax mira”), “Abu Ali ibn Sino. Sharq va G‘arb oralig‘ida” (“Avitsenna. Mejdu Vostokom i Zapadom”) kabi hujjatli kinokartinalar suratga olinadi”, deydi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK Matbuot kotibi Umida Yaxshiboyeva.
Mazkur filmlarning hozirda rejissorlik ssenariylari ustida ishlar ketmoqda, tez orada suratga olish ishlari boshlanadi va 2023-yilning boshida tayyor bo‘ladi.
“O‘zbekiston Kinematografiya agentligi yangi kinoloyihalar ishlab chiqarish, sohada malakali kadrlar tayyorlash va milliy kino san’atini dunyoga olib chiqishda yetakchi mamlakatlar kinokompaniyalari bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘ygan”, deydi Agentlik Matbuot kotibi Barno O‘ngboyeva.
“Joriy yilda MDH Ijroiya qo‘mitasida MDH davlatlari va Gruziyaning yetakchi kinostudiyalari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi, “O‘zbekfilm” kinokonserni, “Mosfilm”, “Lenfilm”, “Tojikfilm” davlat muassasasi, “Belarusfilm” milliy kinostudiyasi, Shaken Aymanov nomidagi “Qozoqfilm” kinostudiyasi, “Sankt-Peterburg hujjatli filmlar studiyasi” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “Gruziya-Film” studiyasi, Moldova Milliy kinematografiya markazi, “Turkmanfilm” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikda yaratiladigan yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvlar imzolandi”, deydi mutaxassis.
Bitta filmda 30 ga yaqin ijodiy jamoa va 20 ga yaqin texnik jamoa ishlashi mumkin. (Albatta ssenariyga bog‘liq) Ma’lum bir loyihaning yakuniga yetgunga qadar 50 ga yaqin odam uchun ish o‘rni yaratiladi va loyiha smetasida belgilangan “gonorar” shaklida pul to‘lanadi.

Zamonaviy 3D animatsiyasi

Taniqli kinorejissor Timur Bekmambetov asos solgan Rossiyaning “Bazelevs” kinokompaniyasi o‘zbek kinoindustriyasida mutlaqo yangi yo‘nalishdagi zamonaviy texnologiyalar asosida “Xo‘ja Nasriddin” animatsion filmini suratga olinadi. Loyiha budjeti 150 milliard so‘mni tashkil etadi.
“Mazkur animatsion film O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi eng katta budjetli kinoloyihalardan biri bo‘ladi. Kelishuvga ko‘ra, Kinematografiya agentligi tomonidan 7,5 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Animatsiyani yaratishda O‘zbekistondan yosh ijodkorlar ham ishtirok etishadi. Hozirda yosh mutaxassislar Rossiyaning zamonaviy 3D animatsiyasi bo‘yicha o‘z malakalarini oshirmoqda”, dedi rejissor va pedagog Aleksandr Gamirov.

Kino ta’limi sohasidagi hamkorlik

Kinematografiya agentligi hamda Rossiya Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk bor Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filiali ochildi. Dastlab talabalar "dramaturgiya" va "kinoproduserlik" yo‘nalishlarida tahsil olgan bo‘lsa, endilikda kino sohasining boshqa yo‘nalishlari uchun ham qabul kvotavalari ajratilgan.
© Press-slujba agentstva kinematografiiGeneralniy direktor agentstva kinematografii Firdavs Abduxolikov podpisal memorandum o sotrudnichestve s rossiyskim kinokompanii "Sputnik Vostok prodakshn" produser Aleksandr Kessel
Generalniy direktor agentstva kinematografii Firdavs Abduxolikov podpisal memorandum o sotrudnichestve s rossiyskim kinokompanii Sputnik Vostok prodakshn produser Aleksandr Kessel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Generalniy direktor agentstva kinematografii Firdavs Abduxolikov podpisal memorandum o sotrudnichestve s rossiyskim kinokompanii "Sputnik Vostok prodakshn" produser Aleksandr Kessel
“2021 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida "S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti" (VGIK) federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi. Aytish joizki, bu qarorning imzolanishi mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi va kinematografiya rivojida muhim tarixiy voqea bo‘ldi”, deydi Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.
Hozirgi kunda Rossiya Madaniyat vazirligi ko‘magida, Kinematografiya agentligi hamda Rossudturdnichestvo o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga muvofiq o‘zbekistonlik talabalar VGIKda tahsil olishmoqda. Ularning sarf-xarajatlari, kontrakt to‘lovlari agentlik tomonidan qoplanib berilyapti.
Kinematografiya agentligi bosh direktor Firdavs Abduxoliqov bilan Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov o‘rtasida ham hamkorlik memrondumi imzolangan. Unga ko‘ra, Farhod Mahmudov VGIKda o‘zbekistonlik talabalar uchun aktorlik mahoratidan dars beradi.

Kino kunlari

Yangi suratga olingan filmlar ikki davlat o‘rtasida namoyish qilish maqsadida muntazam ravishda Rossiyaning Moskva, Qozon, Sankt-Peterburg shaharlarida “O‘zbek kino kunlari” hamda Toshkentda “Rus kino kunlari” o‘tkazilib kelinadi. Mazkur an’ana davom etmoqda.
“Joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan taniqli kinoijodkorlarning tashrifi kutilmoqda. Jumladan, Rossiyadan ham mashhur kinoyulduzlar kelishadi. Kinofestival doirasida mahorat darslari, davra suhbatlari, premyeralar va konsert tadbiri ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirda kelishuvlar va muzokaralar olib borilyapti”, deydi Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi mutaxassisi Javlon Kamalov.
Ikki davlat o‘rtasidagi kinoloyihalarning yaralishi o‘zbek va rus millatlari o‘rtasidagi madaniy va do‘stona aloqalarni kuchaytiradi, ijodiy hamkorlikni rivojlantirib, yangi kinoijodkorlar, filmlar va uslublarni kashf etishga yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0