https://oz.sputniknews-uz.com/20220714/bmt-bosh-assambleyasi-buxoro-deklaratsiyasini-rasmiy-hujjat-sifatida-tan-oldi-26188529.html
BMT Bosh Assambleyasi Buxoro deklaratsiyasini rasmiy hujjat sifatida tan oldi
BMT Bosh Assambleyasi Buxoro deklaratsiyasini rasmiy hujjat sifatida tan oldi
Hujjat BMTning oltita rasmiy tiliga – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va frantsuz tillariga tarjima qilindi. 14.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-14T14:15+0500
2022-07-14T14:15+0500
2022-07-14T14:15+0500
jamiyat
bmt
deklaratsiya
buxoro
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/0a/0e/15178716_0:0:3202:1802_1920x0_80_0_0_a41798403848765bc79041ddfc442fa0.jpg
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Buxoro deklaratsiyasi BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tan olindi.16-20 may kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida oʻtkazilgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Buxoro deklaratsiyasi BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida eʼtirof etildi.Taʼkidlanishicha, hujjat “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi natijasi boʻldi. Unda tadbir ishtirokchilari eʼtiqod erkinligi huquqiga alohida eʼtibor qaratishdi.Ular diniy erkinlikni cheklashdan faqat xavfsizlik, jamoat tartibi, salomatlik va maʼnaviy-axloqiy meʼyorlarni taʼminlash uchun foydalanish mumkinligini qayd etishdi.Shu bilan birga, hujjatda ommaviy axborot vositalari va internetda diniy murosasizlik va kamsitish targʻibotiga yoʻl qoʻymaslik zarurligi belgilab qoʻyildi.Eslatib oʻtamiz, avvalroq BMT Bosh Assambleyasi Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan maʼqullagandi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/0a/0e/15178716_473:0:3202:2047_1920x0_80_0_0_f0bcb98cbfc76519467e6c68067a3d03.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
bmt, deklaratsiya, buxoro
BMT Bosh Assambleyasi Buxoro deklaratsiyasini rasmiy hujjat sifatida tan oldi
Hujjat BMTning oltita rasmiy tiliga – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va frantsuz tillariga tarjima qilindi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Buxoro deklaratsiyasi BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tan
olindi. 16-20 may kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida oʻtkazilgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Buxoro deklaratsiyasi BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida eʼtirof etildi.
Hujjat BMTning oltita rasmiy tiliga – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va frantsuz tillariga tarjima qilindi. U BMTning barcha aʼzo davlatlari, ixtisoslashgan muassasalariga tarqatilgan.
Taʼkidlanishicha, hujjat “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi natijasi boʻldi. Unda tadbir ishtirokchilari eʼtiqod erkinligi huquqiga alohida eʼtibor qaratishdi.
Ular diniy erkinlikni cheklashdan faqat xavfsizlik, jamoat tartibi, salomatlik va maʼnaviy-axloqiy meʼyorlarni taʼminlash uchun foydalanish mumkinligini qayd etishdi.
Shu bilan birga, hujjatda ommaviy axborot vositalari va internetda diniy murosasizlik va kamsitish targʻibotiga yoʻl qoʻymaslik zarurligi belgilab qoʻyildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq BMT Bosh Assambleyasi Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan
maʼqullagandi.