“Bu hali hammasi emas”: yevro va dollarga nima bo‘ladi?

© Sputnik / Nina ZotinaDenejnie kupuri: yevro i SShA.
Denejnie kupuri: yevro i SShA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna bo‘lish
Hatto inqirozli 2008-yilda ham yevro dollardan 1,6 barobar qimmat bo‘lgan. Hozir esa- tengma- teng.
20 yil deganda ilk marotaba yevro dollar bilan tenglashdi. Rekord darajadagi inflyatsiyaga sekin munosabat bildirayotgan Yevropa Markaziy Banki sustkashlik ko‘rsatmoqda. Tahlilchilarning prognoz qilishicha, Rossiya energomanbalarining kamayishi YeI uchun uzoq muddatli va keng ko‘lamli retsessiyaga sabab bo‘ladi. Investorlar ishonchsizlik kayfiyatida. Ustiga ustak, yevro zahira valyutasi maqomini yo‘qotishi xavfi bor.

Yigirma yillikdagi minimum

Hatto inqirozli 2008-yilda ham yevro dollardan 1,6 barobar qimmat bo‘lgan. Hozir esa- tengma- teng.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, AQSh Federal Zahira Tizimi va Yevropa Markaziy Bankining siyosati keskin farq qilyapti. Amerika regulyatori bu yili bazaviy stavkani uch marta oshirib, 1,5- 1,75 % ga yetdi. Yevropada bu ko‘rsatkich hamon salbiy- minus 0,5. Yevropa Markaziy Banki iqtisodga likvidlik kiritishda davom etib, pul-kredit siyosatni kuchaytirishga shoshilayotgani yo‘q. AQSh Federal Zahira Tizimi esa aksincha, tajovuzkor harakat qilmoqda, bu esa yevroga bosim o‘tkazapti.
Natija - AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarining daromadliligi Eski Dunyo qarzidan yuqori. “Amerikaning iqtisodiyoti, boshqa mamlakatlarnikiga qaraganda yaxshiroq ishlamoqda. Boz ustiga mudofaa aktivi sifatida dollarga talab ortib borapti. Geosiyosiy mojarolar, global yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi sekinlashganda va energiya, oziq-ovqat inqirozi xavfi ortishi sababli har doim shunday bo‘ladi”, - deydi TeleTrade axborot- tahliliy markazi bosh iqtisodchisi Mark Goyxman.
Hammadan ko‘p Yevropa Rossiya nefti va gaziga qo‘llanilgan embargodan aziyat chekmoqda.
Iyun oyida yevrohududda yillik inflyatsiya strategik hisob-kitoblar tarixidagi rekord - 8,5 foizdan oshdi. Asosiy hissa energiya tariflari tomonidan qo‘shilgan- deyarli 42%. Oziq-ovqat mahsulotlari- 8,9, sanoat tovarlari - 4,3. Ayniqsa, uglevodorodlarga qaram bo‘lgan Boltiqbo‘yi mamlakatlarida narxlar eng ko‘p ko‘tarilgan.
Yoqilg‘i va qishloq xo‘jaligi xomashosi narxi oshishi mintaqa iqtisodiyotiga putur yetkazayotir. Ustiga ustak- qochqinlar, Rossiyaga eksport qisqarishi. “Energiya inqorozi fonida yevrohududda yaqinlashib kelayotgan retsessiya qo‘rquvi tufayli yevroning qulashi tezlashdi. Bundan tashqari, Yevropa Markaziy Bankining harakatsizligi bozor o‘yinchilari uzoq pozitsiyadan qochishga majbur qildi”,- deydi BitRiver moliyaviy tahlilchisi Vladislav Antonov.
“Yevrohuddudga qarshi pul tikmang”, - deb investorlarga murojaat qildi Yevropa Markaziy Bankining sobiq prezidenti Jan-Klod Trishe. Oxirgi marotaba aynan uning rahbarligida - 2011y yilda stavka oshirilgan edi.
Sanksiyalar, logistika muammolari alangaga yog‘ sepgandek. Bunga AQShga qaraganda Yevropa zaifroq. Yana neft va gaz narxining ko‘tarilishi tufayli paydo bo‘lgan rekord savdo tanqisligi ham ta’sir qilmoqda.
Tahlilchilar yevroning dollarga nisbatan yanada zaiflashishini va ikkisining paritetdan ham pastroq qolishini prognoz qilishapti. Yevroning arzonligi -uni sotib olishda foyda. Zarari- investitsiya qilishda qiyinchiliklar. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar valyutalarini sotib olish xavfli. Amalga oshirish qiyin, yangi sanksiyalar ham qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, banklar hisob-varaqalarida xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov undiradi. Yevropa Ittifoqi duch kelgan zarbalar va Yevropa Markaziy Bankining yumshoq monetar siyosati Yevropa iqtisodiyoti va valyutasiga yana uzoq vaqt davomida bosim o‘tkazishda davom etadi.

“Tayyor emasmiz”

Federal Zahira Tizimi stavkasini oshirish davri tugashi va Yevropa Markaziy Banki pul-kredit siyosatini kuchaytirishga harakat qilgandagina vaziyat o‘zgaradi. Ammo, asosiysi, neft va gaz narxi barqarorlishishi kerak.
Bu paytda esa bir megavatt/soat estoniyaliklar uchun allaqachon 400 yevro bo‘ldi. Nemislar uchun- 300, fransuzlar uchun oktabr-dekabr fuchers bo‘yicha deyarli 800. Hozirgi ekstremal shiroitda yevropaliklar “yashil” rejalaridan voz kechishga majbur. Ular “iflos” yoqilg‘iga, xususan, ko‘mirga qaytishmoqda.
Aksilrossiya sanksiyalarining zararini Energiya lobbisi ham asta-sekin anglab yetmoqda. Xususan, Avstriya Sanoat palatasi prezidenti Xarald Marer bunday siyosatni “oxirigacha o‘ylanmagan va zararli” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yevroburokratlar bu uchun aholi qancha to‘lash kerakligini unutib qo‘ygan.
Ayniqsa, ko‘k yoqilg‘i narxi cho‘ntaklarga og‘ir botmoqda. Uch oy ichida ICE birjasida avgust fucherslari 77,7 foizga o‘sdi. Asosiy sabab - Rossiyadan yetkazib berishning qisqarishi. “Yevropaga boradigan beshta yo‘nalishdan biri “Shimoliy oqim” ishlaydi, shunda ham uning quvvatining uchdan birida ishlaydi.” OPAL quvurining Polsha qismi, “Turk oqimi”, Ukraina GTSi minimal darajada chiqaradi. Yamal-Yevropa esa Rossiyaning qarshi sanksiyalari ostida”,- - deydi, AMarkets tahliliy bo‘limi rahbari Artem Deyev.
Bundan tashqari, Kanada hamon “Shimoliy Oqim” gaz kompressorli turbinalarni ta’mirdan keyin qaytarib bermagan. Natijada quvvat 60 % ga kamaygan. Bundan tashqari, iyul oyining ikkinchi o‘n kunligida rejalashtirilgan profilaktik to‘xtatib turish ham. Va hammasi kuz-qish davri uchun Yevropa omborlariga quyish bilan mos keldi. Natijada kotirovkalar narxi yana keskin oshdi.
Kanada 8-iyulda turbinalarni yetkazib berishga va’da bergani va “Shimoliy oqim” bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar 21-dan keyin yakunlanishi haqidagi xabarlardan so‘ng, narxlar biroz pasaydi.
Biroq, ko‘k yoqilg‘i hamon juda qimmat. Ba’zi mamlakatlar rublda to‘lashdan bosh tortganligi sababli Rossiyadan import kamaydi. “Bunday sharoitda yevropaliklar energiyani tejashga, muqobil yetkazib beruvchilar va boshqa yoqilg‘i turlarini izlashga majbur bo‘ladi”, - ta’kidlaydi Deyev.
Yevropaning Amerika suyultirilgan gazlariga bo‘lgan umidi ijobat bo‘lmadi: tankerlar yetarli emas- ular uzoq muddatga boshqa yo‘nalishlarga, asosan, Osiyoga ijaraga beriladi.
“Yevropadagi yer osti gaz omborlarining 60% dan kami to‘lgan. Ish tartibi esa 1 nobarga kelib 80%ni talab qiladi. Buni bajarish juda qiyin bo‘ladi. Agar bajarilmasa, Yevropa Ittifoqidagi ko‘k yoqilg‘i fevralgacha tugaydi”, - deb ogohlantirdi ekspert.
Tahlilchilar Yevropada tabiiy gaz narxining yanada oshishi va buning natijasida kommunal xizmatlar va oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishini aytishmoqda.

Mavzuga oid:

Dollar va yevro kurslari Moskva birjasida tenglashdi
Medvedev yig‘ilgan pullarni rublda saqlashni maslahat berdi
Dollar besh rubldan: Rossiya global inflyatsiyadan o‘zini qanday himoya qilmoqda?
Yangiliklar lentasi
0