https://oz.sputniknews-uz.com/20220714/jsst-dunyo-mamlakatlarini-niqob-rejimini-qaytarishni-chaqirdi-26178560.html
JSST dunyo mamlakatlarini niqob rejimini qaytarishga chaqirdi
JSST dunyo mamlakatlarini niqob rejimini qaytarishga chaqirdi
Dunyo mamlakatlarida koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yomonlashayotgani sabab JSST niqob taqib yurishni zarurligini taʼkidlamoqda. 14.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-14T12:07+0500
2022-07-14T12:07+0500
2022-07-14T12:07+0500
dunyoda
jsst
niqob
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/18/23528392_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_eaedb9919981b5c6fdb6f2754bfce814.jpg
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoning barcha mamlakatlarini niqob rejimi va COVID-19 tarqalishiga qarshi boshqa usullarni qaytarishga chaqiradi. Bu haqda tashkilot rahbari Tedros Adanom Gebreyesus pandemiyaga qarshi kurashishga bagʻishlangan majlisda maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, odamlar yana niqib taqib yurishlari, hukumatlar esa fuqarolarni ommaviy ravishdan COVID-19ga testdan oʻtkazish amaliyotiga qaytishlari kerak.“Men COVID-19 bilan kasallanish holatlari soni oʻsishda davom etayotganidan xavotirdaman”, - degan Gebreyesus. Uning soʻzlaridan Sky News telekanali iqtibos keltirgan.U kasallanish soni ortib borishi sogʻliqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlariga qoʻshimcha yuklamanini keltirib chiqarishini qayd etgan.JSST pandemiya yakunlamagani, biroq uning xususiyati oʻzgarayotganidan ogohlantirgan. Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, koronavirus bilan kasallanish kamida 110 ta mamlakatda ortib bormoqda. Bu omikron shtamining BA.4 va BA.5 subvariatlari keng tarqaliyotgani bilan izohlanadi.JSST ekspertlari yozda Yevropa koʻp mamlakatlar deyarli barcha koronavirus cheklovlarini bekor qilganlari sabab virus tarqalishi darajasi sezilarli oʻsadi deb hisoblashmoqda. Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqda ham epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda fuqarolarga 1 martdan ochiq havoda niqob taqmaslikka ruxsat berilgan. Odamlar gavjum joylarda niqob taqish tavsiya etilgan. Sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiyot xodimlarining, ular koronavirus bilan kasallanganlar bilan aloqada boʻlishidan qatʼi nazar, niqob taqishi talabi saqlab qolingan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/03/18/23528392_0:0:1707:1280_1920x0_80_0_0_560dd4ee91cb8233f3c31b7c0257ec74.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jsst, niqob
JSST dunyo mamlakatlarini niqob rejimini qaytarishga chaqirdi
Dunyo mamlakatlarida koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yomonlashayotgani sabab JSST niqob taqib yurishni zarurligini taʼkidlamoqda.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoning barcha mamlakatlarini niqob rejimi va COVID-19 tarqalishiga qarshi boshqa usullarni qaytarishga chaqiradi. Bu haqda tashkilot rahbari Tedros Adanom Gebreyesus pandemiyaga qarshi kurashishga bagʻishlangan majlisda
maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, odamlar yana niqib taqib yurishlari, hukumatlar esa fuqarolarni ommaviy ravishdan COVID-19ga testdan oʻtkazish amaliyotiga qaytishlari kerak.
“Men COVID-19 bilan kasallanish holatlari soni oʻsishda davom etayotganidan xavotirdaman”, - degan Gebreyesus. Uning soʻzlaridan Sky News telekanali
iqtibos keltirgan.U kasallanish soni ortib borishi sogʻliqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlariga qoʻshimcha yuklamanini keltirib chiqarishini qayd etgan.
JSST pandemiya yakunlamagani, biroq uning xususiyati oʻzgarayotganidan ogohlantirgan. Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, koronavirus bilan kasallanish kamida 110 ta mamlakatda ortib bormoqda. Bu omikron shtamining BA.4 va BA.5 subvariatlari keng tarqaliyotgani bilan izohlanadi.
JSST ekspertlari yozda Yevropa koʻp mamlakatlar deyarli barcha koronavirus cheklovlarini bekor qilganlari sabab virus tarqalishi darajasi sezilarli oʻsadi deb hisoblashmoqda. Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqda ham epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda fuqarolarga 1 martdan ochiq havoda niqob taqmaslikka
ruxsat berilgan. Odamlar gavjum joylarda niqob taqish tavsiya etilgan. Sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiyot xodimlarining, ular koronavirus bilan kasallanganlar bilan aloqada boʻlishidan qatʼi nazar, niqob taqishi talabi saqlab qolingan.