Jamiyat

Mahkumlarni nazorat qilishda elektron brasletlardan foydalaniladi

© unsplash.com/Andres UrenaElektronnыy braslet
Elektronnыy braslet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qochib ketishga uringan shaxslar brasletlardan uzatilayotgan “GPS” signallari yordamida ushlanadi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. 2024 yil 1 dekabrga kadar Ichki ishlar organlari konvoy boʻlinmalari elektron brasletlar bilan toʻliq taʼminlanadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslar va mahkumlarning qochish holatlarining oldini olish maqsadida elektron brasletdan foydalanish tizimi joriy etiladi.
Qayd etilishicha, elektron brasletni yechish, shikast yetkazish, konvoychi xodimdan uzoqlashish va boshqa holatlar yuzaga kelsa tovushli va vizual xabar onlayn rejimida kuzatiladi.
Xabar avtomatik tarzda biriktirilgan konvoychi xodimga va hududiy ichki ishlar organlari, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalarining navbatchilik qismlariga kelib tushadi.
Qochib ketishga uringan konvoy ostidagi shaxslar ularga taqilgan elektron brasletlardan uzatilayotgan “GPS” signallari yordamida ushlash choralari koʻriladi.
Yangiliklar lentasi
0