Putinda muammo paydo bo‘ldi: G‘arbda unga raqib qolmadi

© AP Photo / Alberto PezzaliPremyer-ministr Boris Djonson na Dauning-strit, 10 posle zayavleniya ob otstavke
Premyer-ministr Boris Djonson na Dauning-strit, 10 posle zayavleniya ob otstavke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna bo‘lish
Kechadan oldin kuni Yaponiyada sobiq bosh vazir Abeni dafn etishdi, Britaniyalik konservatorlar yangi yetakchini saylash jarayonlarini boshlab yuborishdi.
Boris Jonsonning iste’fosi va Abening o‘limi G‘arbning- bizning asosiy geosiyosiy dushmanimizning eng muhim muammolarini belgilab berdi. Yetakchilik inqirozi haqida so‘z ketmoqda. Agar shaxs ahamiyati oddiy vaqtda ham muhim bo‘lsa, hozirgi olovli, keskin o‘zgarishlarga boy davr haqida nima deyish mumkin?
Jonson va Abe nafaqat obro‘li, balki o‘z mamlakatlarining eng kuchli yetakchilari edi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya va Yaponiya nafaqat “Katta yettitalik” a’zosi, balki global darajadagi muhim o‘yinchilar hisoblanishadi (o‘sha “Katta yettitalik”ka a’zo bo‘lgan Kanada va Italiya haqida nima deyish mumkin o‘zi?).
Abe mamlakatni boshqarayotgani yo‘q edi, biroq u hukmron Liberal-demokratik partiyaning rahbari edi. Va bu hamda tajribasi, shaxsiy namunasi bilan u Yaponiya siyosatida birinchi raqamli shaxs edi. O‘z mamlakati siyosatiga ulkan (va barchani ortda qoldiradigan) ta’sir o‘tkazish uchun unga yana bir bor bosh vazir o‘rnini egallash shart emas edi.
Jonson- shunchaki eng yorqin va aqlli britaniyalik siyosatchi emas, balki eng ambitsiyalari katta rahbar edi. Aftidan u yana Dauning stritga qaytishi mumkin, ammo bir qancha muddat u hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi va hammasini chetdan tomosha qilishiga to‘g‘ri keladi.
Garchi Abe bitta fanatik tomonidan o‘ldirilgan, Jonson esa hukumat va partiyadagi o‘z safdoshlarining noroziligi natijasida iste’foga chiqqan bo‘lsada, ularda umumiy bir nimadir bordek: ya’ni eng kuchli liderlar chetlashtirildi. To‘g‘ri, bu ikki monarxiya mamlakati bir kishilik kuchli boshqaruv tizimiga kirmaydi, ammo bu degani qudratli figuralar bo‘lmasligini anglatmaydi ham. Boz ustiga, takrorlaymiz, inqirozli davrda- G‘arb mamlakatlari uchun ham, butun dunyo uchun ham inqirozli paytda.
Balki Jonsonning ketishi va Abening o‘ldirilishi tarixiy tasodif emasdir? Ya’ni shunday ma’nodaki, ular butun boshli davrning yakunlaganini - g‘arbning hukmronligi tugagani bildiradi. Yigirma to‘rtinchi fevral kuni G‘arb erasiga uzil-kesil nuqta qo‘yilgan edi. Va “Katta yettitalik” mamlakatlarining reaksiyasi buni tasdiqladi. To‘g‘rirog‘i, reaksiya emas, balki G‘arbning Rossiyani jazolash va yakkalashga qaratilgan urinishlari uning o‘ziga zarba bo‘lib qaytdi.
Masala shunchaki g‘arbiy bo‘lmagan dunyoning G‘arb tomonida turishdan bosh tortganida emas (garchi uning sanksiyalariga tushishni istamasada), balki sanksiyalarning o‘zi g‘arb mamlakatlari rahbarlariga bumerang bo‘lib qaytganida.
“Yettitalik”ni har bir mamlakatlarining ichki siyosatlarida qiyinchiliklar bo‘lgani, energiya inqirozi esa alangaga moy sepgani tushunarli. Ammo, besh oy o‘tmasdan turib ko‘plab G‘arb mamlakatlari hukumatlarida katta muammolar yuzaga kelganini sezmasdan bo‘lmas.
Baydenning reytingi 30% gacha tushib ketdi- va bu hukmron demokratlarning noyabrda bo‘ladigan oraliq saylovlarda mag‘lubiyatini, ya’ni Oq uy - Kongress darajasida partiyaviy ikki tomonlama hokimiyat va ziddiyatning o‘rnatilishini kafolatlaydi.
Emmanuel Makron prezidentlik saylovlarida g‘olib, biroq parlament saylovlarida mag‘lub bo‘ldi- va endi uning hukumati parlamentdagi ko‘pchilikka tayana olmaydi.
Italiyadagi hukmron koalitsiyaning asosiy partiyasi ham bo‘lindi- tashqi ishlar vaziri Di Mayo o‘zi bilan parlamentning yana oltmishta deputatlarini olib “Besh yulduz”ni tark etdi. Garchi Kontining hukumatiga hali hech narsa xavf solmayotgan bo‘lsada, Ukrainaga qurol-yaroq yetkazib berish masalasi bo‘linishga olib keldi.
Xuddi shu muammo nemis kabinetining ham tinchini buzgan- vaholanki XDI ning yangi rahbari Fridrih Mers boshchiligidagi muxolifat qurol yetkazib berishda sustkashlik uchun omma oldida hujum qilsada, kansler Shols “svetafor” koalitsiyasining xavfsizligi haqida xavotir olishi kerak. “Yashillar” Ukrainani ko‘proq qo‘llab -quvvatlash kayfiyatida, liberal demokratlar esa toza energiyaga o‘tish bilan o‘z ishtiyoqini sovutmoqchi- axir Rossiya gazini yetkazish bilan shunday inqiroz bo‘layotgan ekan, “iflos” yoqilg‘idan voz kechishni kechiktirish mumkin.
Britaniya hukumatidagi inqiroz Jonsonning ketishi bilan bartaraf bo‘lib qolmaydi- aksincha, navbatdagi parlament saylovlariga qolgan ikki yil ichida hatto eski italyan-yapon uslubidagi bosh vazirlarining beqarorligini kutish mumkin.
Ya’ni, demak, “Yettitalik”ning eng muhim mamlakatlari ahvoli (Kanada bosh vaziri Trudoning reytingi ham oshib-toshib ketayotgani yo‘q) liqillab qoldi- va Ukraina uchun jang bunda sezilarli ahamiyatga ega bo‘ldi. Jangning o‘zi emas, balki uning oqibatlari. Ammo biz uchun muhimi bitta: bu ularning Ukrainagi pozitsiyasiga qanday ta’sir qiladi? Ular Rossiyani mag‘lub etishga umid qilib Ukrainaga qurollar yetkazib berishni davom ettiradimi yoki ichki siyosiy tendensiyalar ularni ancha ehtiyotkor bo‘lishga majbur qiladimi?
Javob- yo‘q. Chunki biz u tomondan kuchli o‘yinchilarni ko‘rmayapmiz. To‘g‘ri, hamma g‘arb yetakchilari ham Rossiya ustidan g‘alabani talab qilayotgani yo‘q. Bu anglosaksonlar, ya’ni, Amerika, Buyuk Britaniya va Kanadaning pozitsiyasi. Bayden va Jonsonning shaxsiy xususiyatlari bunda muhim rolni o‘ynayotgani yo‘q. Aksariyat “istiblishment” mana shunday “jangovar pozitsiyali” kayfiyatda. Yevropa liderlari, Makron, Shols Dragilar esa- “g‘alabagacha urush qilish” va eskalatsiyani so‘zda qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo amal qilishga kelganda anglo-saksonlarning aytganidan chiqmaydi. Qarshilik ko‘rsatishadi, sekin harakat qilishadi, biroq, anglo-sakslar tomonidan chizilgan - Rossiya bilan strategik kelishmaslik “Yevropa yo‘li”dan borishadi. Har oyda Yevropa Ukraina urushiga ko‘proq jalb qilinmoqda, shu tariqa mamlakatimiz bilan nafaqat qisqa muddatda, balki o‘rta muddatli yaqin kelajakda ham munosabatlarni tiklash imkoniyatini yopmoqda.
Bu natijada Ukrainaning o‘zini ham, Rossiya bilan munosabatlarni ham yo‘qotadigan Yevropa uchun tarixiy tanlov. Ammo buni kim qildi? Olaf Shols? Mario Dragi? Emmanuel Makron? Bu figuralar ko‘lami Yevropa qarshisida turgan tahdidlarga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular anglo-saksonlarning yevropaliklar hisobiga Rossiyaga qarshi o‘yinida hech narsa qo‘ya olmaydilar. Garchi ular o‘zlarining ichki siyosiy pozitsiyalarini qurbon qilishga majbur bo‘lishsa ham, qanday tarixiy istiqbol haqida gapirish mumkin?!
Aynan bu yetakchilik inqirozi - milliy elitalarning kuchsizligidir. Gap Emmanuel Makronning o‘rnida de Goll bo‘lganda hammasi boshqacha bo‘lishida emas. Masala G‘arbiy Yevropa mamlakatlari yetakchilari orasida hech bo‘lmasa Viktor Orbanga o‘xshagan yetakchilarning topilmaganida. Ya’ni o‘z xalqi va davlati manfaatlarini katta sherigining geosiyosiy o‘yinlaridan yuqori qo‘yuvchi odam topilmaganida. To‘g‘ri, Orbanga osonroq- u faqat o‘z Vengriyasi uchun javob beradi, Makron, Shols va Dragi esa o‘zlarini butun Yevropa uchun javobgar deb bilishadi. Shunday Yeropaki, u yerda oshkora rusofob lobbilar bor (va bu nafaqat polyaklar, balki anglo-saksonlar tomonidan tarbiyalangan Yevroatlantika amaldorlari va siyosatchilari). Ammo shaxslar masshtabi hech nimani hal qilmaydi. Makron va Shols o‘z mamlakati uchun javob bera olmaganda, butun Yevropa uchun javobgar ekanliklari tushunarsiz.
Yo‘q, albatta ular buni his qilishadi, aytishadiki, axir ular bitta rahbar emas- kollektiv rahbariyat, parlament, umuman demokratik saylovlar, hukumat o‘zgarishi. Shunday qilib doimo koalitsiyalar yaratish, aylanib yurish, o‘rtacha arifmetik qiymatni izlash kerak- avtoritar diktatorlar kabi emas. Shunday qilib, mas’uliyat xiralashib, siyosiy liderlar kichrayib bormoqda.
Biroq, bularning hammasi uydirma va bahonalar- hokimiyatni tashkil etishning shunday tizimi G‘arbda yuz yildan ortiq vaqtdan buyon bor. Salbiy tanlov XIX asrda ham, XX asrda ham bo‘lgan. Ammo inqiroz yillarida u deyarli har doim kuchli shaxslarni cho‘qqiga olib chiqdi, chunki tomoshaga vaqt yo‘q, vatanni qutqarish kerak. Hozir esa bu yo‘q- na Yevropa davlatlari darajasida, na hattoki umumevropa darajasida. Mana shu inqiroz yo‘qligini bildiradimi?
Yo‘q, u bor. Shunchaki u ancha chuqur, buni g‘arb elitasi tushunishga qodir emas. Ularning ko‘p asrlik kuchi va global ta’siri ularga shafqatsiz hazil qildi: ular har doim dunyoni boshqarib borishlariga ishontirishdi, shuning uchun tashabbusni yo‘qotganda ham, g‘arbiy bo‘lmagan dunyodan G‘arbga bo‘lgan ishonchni (va qaramlikning kamayishini) yo‘qotib qo‘yishdi. Va hatto o‘z darajasining umumiy pasayishi - adekvatlilik va passionarlikni ham. Bularning barchasi umumiy inqirozga, ya’ni globallashuvning anglo-sakson modelining qulashiga qo‘shilsa, biz hozir nimaga egamiz: haqiqatan ham Putinning G‘arbda gaplashadigan hech kimi yo‘q. Abe o‘ldirildi, Jonsonni (u qanchalik Putinning dushmani bo‘lmasin) olib tashlashdi.
Yarim asrdan beri jahon siyosatiga aralashib kelayotgan yagona professional g‘arb yetakchisi Jo Bayden yangi geosiyosiy haqiqatni qabul qila olmaydi. Bundan tashqari, u hozir juda zo‘r ahvolda emas. Va asosiysi o‘z poydevori ostida yonayotgan pilik bilan yashayotgan (va buni biladigan) mamlakatni boshqarapti. Qolgan g‘arb yetakchilari esa o‘n yilliklardan buyon o‘ylamay qo‘ygan- aniqrog‘i, bunday davrlar uchun o‘z mas’uliyatini his qilishmaydi. Shuning uchun Putin Si Szinpin, Modi, Erdog‘an, rahbar Xumayniy bilan gaplashadi. Bu yerda gap ularning hokimiyatda bo‘lishi yoki bo‘lmasligida emas, balki muammolarni tushunish darajasi, tarixiy mas’uliyat hissida. Va albatta shaxs masshtabida ham gap ko‘p.
Yangiliklar lentasi
0