https://oz.sputniknews-uz.com/20220714/rosenergoatom-ozbekiston-uchun-mutaxassislarni-tayyorlashda-yordam-beradi-26176626.html
Rosenergoatom Oʻzbekiston uchun mutaxassislarni tayyorlashda yordam beradi
Rosenergoatom Oʻzbekiston uchun mutaxassislarni tayyorlashda yordam beradi
“Oʻzatom” “Rosenergoatom kontserni” va “Rosatom texnika akademiyasi” bilan memorandum imzoladi. 14.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-14T11:44+0500
2022-07-14T11:44+0500
2022-07-14T11:44+0500
siyosat
oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/0e/26176107_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_59bffe10d95df821c86a7a9c0a2a86f3.jpg
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“Oʻzatom”), “Rosenergoatom kontserni” va “Rosatom texnika akademiyasi” oʻrtasida oʻzaro anglashiluv memorandumi imzolandi.Taʼkidlanishicha, mazkur hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri Oʻzbekistonning milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish va keng ommani yadroviy texnologiyalar va ular bilan bogʻliq yangiliklar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.Shuningdek, oʻzbekistonlik mutaxassislar Rossiya atom elektr stantsiyalariga texnik sayyohatlar uyushtirishlari va keng miqyosdagi simulyator hamda laboratoriyalarga tashrif buyurishlari mumkin.Memorandumda oʻzbekistonlik mutaxassislarning MAGATE va Rosatom texnik akademiyasining birgalikda amalga oshirayotgan loyihalarida ishtirok etish masalalari ham koʻzda tutilgan.Xabarda bu hamkorlik Oʻzbekistonga Rosatom Texnika akademiyasidan mamlakat yadro dasturining barcha bosqichlari uchun mutaxassislar tayyorlashda ekspert yordamini olish imkonini berishi qayd etilgan.Memorandum doirasida avgust oyida oʻzbekistonlik mutaxassislar Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtadigan MAGATEning tadqiqot reaktorlari boʻyicha maktabida ishtirok etishadi.Maʼlumot uchun, "Rosatom" ishtirokida Jizzax viloyatida AES qurish 2022 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Uni ishga tushirish 2030 yilga moʻljallangan. "Rosatom" davlat korporatsiyasi tomonidan Oʻzbekistonda "3+" avlodiga mansub 2ta VVER-1200 reaktoriga ega boʻlgan AES qurish nazarda tutilgan."Yadroviy" karyera: Oʻzbekistonda boʻlajak atomchilar uchun qanday sharoitlar yaratilmoqda?
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/0e/26176107_112:0:1889:1333_1920x0_80_0_0_127953ce39519264cb0ccedf84a175cf.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi
oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi
Rosenergoatom Oʻzbekiston uchun mutaxassislarni tayyorlashda yordam beradi
“Oʻzatom” “Rosenergoatom kontserni” va “Rosatom texnika akademiyasi” bilan memorandum imzoladi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“Oʻzatom”)
, “Rosenergoatom kontserni” va “Rosatom texnika akademiyasi” oʻrtasida oʻzaro anglashiluv memorandumi
imzolandi. Taʼkidlanishicha, mazkur hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri Oʻzbekistonning milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish va keng ommani yadroviy texnologiyalar va ular bilan bogʻliq yangiliklar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Bitim Oʻzbekistonda malakali oʻqituvchilarni tayyorlash, Rossiya AESlarining maxsus oʻquv markazlarida amaliyot oʻtashni tashkil etishni nazarda tutadi.
Shuningdek, oʻzbekistonlik mutaxassislar Rossiya atom elektr stantsiyalariga texnik sayyohatlar uyushtirishlari va keng miqyosdagi simulyator hamda laboratoriyalarga tashrif buyurishlari mumkin.
Memorandumda oʻzbekistonlik mutaxassislarning MAGATE va Rosatom texnik akademiyasining birgalikda amalga oshirayotgan loyihalarida ishtirok etish masalalari ham koʻzda tutilgan.
Xabarda bu hamkorlik Oʻzbekistonga Rosatom Texnika akademiyasidan mamlakat yadro dasturining barcha bosqichlari uchun mutaxassislar tayyorlashda ekspert yordamini olish imkonini berishi qayd etilgan.
Memorandum doirasida avgust oyida oʻzbekistonlik mutaxassislar Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtadigan MAGATEning tadqiqot reaktorlari boʻyicha maktabida ishtirok etishadi.
Maʼlumot uchun, "Rosatom" ishtirokida Jizzax viloyatida AES qurish 2022 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Uni ishga tushirish 2030 yilga moʻljallangan. "Rosatom" davlat korporatsiyasi tomonidan Oʻzbekistonda "3+" avlodiga mansub 2ta VVER-1200 reaktoriga ega boʻlgan AES qurish nazarda tutilgan.