Jamiyat

“Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturi tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGorы pri vʼyezde v Sherabad
Gorы pri vʼyezde v Sherabad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturi tasdiqlandi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Prezident qarori bilan 2022–2026 yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida:
avtomobil yoʻllari infratuzilmasi kompleks takomillashtiriladi;
avtomobil yoʻllarida harakatni boshqarish tizimi raqamlashtiriladi;
jamoat transporti rivojlantiriladi va raqamlashtiriladi.
Xususan, Qoraqalpogʻistondagi shahar yoʻlovchi transportining 70 ta bekatlarida yoʻlovchilarga zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni real vaqt rejimida elektron taqdim etuvchi monitorlar joylashtiriladi.
Toshkent shahrida 30 ta avtomatlashtirilgan yoʻl boʻyi pullik toʻxtab turish joylari tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0