Siyosat

Belarus SHHTga aʼzo boʻlish uchun ariza topshirdi

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
SHHT bosh kotibi Chjan Min Belarusning tashkilotga aʼzolik uchun arizasini qabul qilganini tasdiqladi.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo boʻlish uchun ariza berdi. Bu haqida SHHT bosh kotibi Chjan Min maʼlum qildi.
“Belarus respublikasi haqiqatdan ham, SHHTga aʼzo davlatlar qatoriga kirish uchun rasman ariza berdi”, deydi Chjan Min.
Uning soʻzlariga koʻra, bu Minskning SHHT qadriyatlari va tamoyillari Belarusniki bilan mos keladi degan xulosaga kelganidan dalolat beradi.
Shuningdek, Chjan Min sentyabr oyida Eronga SHHTga aʼzo davlat maqomini berish kutilayotganini ham taʼkidlab oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq sentyabr oyida boʻlib oʻtadigan Samarqand sammitida Eron memorandumi va yana 10ta davlatlarning arizalari koʻrib chiqilishi maʼlum qilingandi. Oʻzbekiston tashqi ishlar v.b. Vladimir Norov taʼkidlashicha, sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biri - SHHTni yanada kengaytirish hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0