Jamiyat

Dam olish kunlari havo harorati qanday boʻlishi aytildi

© Pixabay / Gerd AltmannTermometr, illyustrativnoye foto
Termometr, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yakshanba kuni havo harorati baʼzi joylarda 40-43 darajagacha, janub va choʻl hududlarda 45 darajagacha koʻtariladi.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo haroratining asta-sekin koʻtarilishi davom etadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, 15-16 iyul kunlari respublika boʻyicha havo harorati 36-41 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda 42-43 darajagacha boʻladi. Yakshanba kuni issiqning oshib borishi davom etadi, shu kuni termometr ustuni baʼzi joylarda 40-43 darajagacha, janub va choʻl hududlarda 45 darajagacha koʻtariladi.
Issiq havo kirib kelishi shamolning kuchayishi bilan qayd etiladi. Bugun va ertaga respublikaning shimoliy hududlarida, shuningdek Buxoro va Navoiy viloyatlarining choʻl hududlarida, yakshanba kuni esa respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol chang-toʻzonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kuzatiladi. 17 iyulda ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0