Dastlabki Haj ziyoratchilari Toshkentga qaytdi

© Press-slujba Uzbekistan AirportsPervie vernuvshiyesya v Uzbekistan palomniki, sovershivshie xadj
Pervie vernuvshiyesya v Uzbekistan palomniki, sovershivshie xadj - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna bo‘lish
245 nafar ziyoratchi O‘zbekistonga yetib keldi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Bortida 245 nafar ziyoratchi bilan Jiddadan uchgan “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasining samolyoti 14-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba Uzbekistan AirportsPervie vernuvshiyesya v Uzbekistan palomniki, sovershivshie xadj
Pervie vernuvshiyesya v Uzbekistan palomniki, sovershivshie xadj - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Pervie vernuvshiyesya v Uzbekistan palomniki, sovershivshie xadj
Qayd etilishicha, ziyoratchilar poytaxt aeroportining uchib kelish zalida kutib olindi maxsus avtobuslarda “Novza” jome masjidiga yetkazildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham ziyoratchilarning yaqinlariga terminal va aeroport oldi hududlarida tirbandliklarni oldini olish maqsadida ziyoratchilarni aeroportda emas, balki “Novza” jome masjidi oldida kutib olishni tavsiya qilmoqda.
Xabarga ko‘ra, 14–31 iyul kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukusga jami 45 ta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0