Jamiyat

Oʻzbekiston aholisi bir kunda qanchaga koʻpayayotgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Pamyatnik Amiru Timuru
Tashkent. Pamyatnik Amiru Timuru - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 35 603 443 kishini tashkil etmoqda.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha 1,8 ming kishiga qoʻpaymoqda. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqoʻmga koʻra, 2022 yilning 1 iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 603 443 kishini tashkil etgan. Yil boshidan buyon doimiy aholining oʻsish surʼati 0,9 % ga oshdi.
Oʻzbekiston aholisi yil boshidan buyon har oyda oʻrtacha 55,3 ming kishiga koʻpaygan. 2022 yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga oshmoqmoqda.
2022 yilning 1 iyul holatiga Oʻzbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga oʻrtacha 79,3 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri kelyapti. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2021 yil 1 iyul holatiga 1 kv.km.ga 77,6 kishi).
Aholining 18 mln 117 ming nafari shahar joylarda, 17 mln 486,4 ming nafari qishloq joylarda yashaydi.Shuningdek, mamlakatda 17 690 386 nafar ayol, 17 913 057 nafar erkak istiqomat qilmoqda. 2022 yilning 1 iyul holatiga koʻra, doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 222 671 nafarga koʻp.
Yangiliklar lentasi
0