O‘zbekiston ShHT davlatlarini mehnat unumdorligini oshirish sohasida hamkorlikka chorladi

© Sputnik/Zafar XalilovV Tashkente proxodit vstrecha ministrov promishlennosti ShOS i SNG
V Tashkente proxodit vstrecha ministrov promishlennosti ShOS i SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna bo‘lish
Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan ShHT mamlakatlaridagi hamkasblariga “tez-tez ko‘rishib turish”, mehnat unumdorligi masalalari bo‘yicha qo‘shma seminar va treninglar o‘tkazishni faollashtirish taklifi berildi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Toshkent Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarini mehnat unumdorligini oshirish sohasida hamkorlik mexanizmini ishlab chiqishga taklif qilmoqda. Bu haqida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.
O‘zbekiston hozirda ShHTga raislik qilmoqda. Bugun Toshkentda tashkilotga a’zo mamlakatlar sanoat vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.
Tadbirning ochilish marosimida “Biz mehnat unumdorligi sohasida hamkorlik mexanizmini o‘z ichiga olgan, barcha ShHT mamlakatlari manfaatlariga xizmat qiluvchi asosli hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz”, deya qayd etdi Qo‘chqorov.
Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan ShHT mamlakatlaridagi hamkasblariga “tez-tez ko‘rishib turish”, mehnat unumdorligi masalalari bo‘yicha qo‘shma seminar va treninglar o‘tkazishni faollashtirish taklifi berildi.
“Biz hamkorlik asosida loyihalarni faollashtirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz”, deya qo‘shimcha qildi Qo‘chqorov.
Ma’lumot uchun, ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, hozirda Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston uning a’zolari hisoblanadi.
ShHTda kuzatuvchi davlatlar Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar -Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lankadir.
O‘tgan yili sentabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish va Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish jarayoni boshlangandi.
Yaqinda Belarus ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi.
Yangiliklar lentasi
0