Siyosat

Serdar Berdimuhamedov Samarqanddagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi

© Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatiTurkmaniston Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlandi
Turkmaniston Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlandi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifining ikkinchi kuni Samarqand shahriga keldi.
TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifining ikkinchi kuni Samarqand shahriga keldi.
Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Sharq durdonasi - qadim va betakror Samarqand shahrining ulugʻvor meʼmoriy obidalari bilan tanishadi.
Ikki prezidentning Samarqandga tashrifi Islom Karimov maqbarasi ziyoratidan boshlandi.
Shuningdek, Turkmanistonlik mehmonlar Mirzo Ulugʻbek muzey-majmuasini borib koʻrishdi.
“Ushbu majmua buyuk olim qurdirgan rasadxona yonida tashkil etilgan. Muzey ikki zal va olti boʻlimdan iborat. Undan Mirzo Ulugʻbek davriga oid yuzdan ziyod ashyolar, kitoblar, qoʻlyozmalar, asl nusxadagi kvadrant asbobi oʻrin olgan”, deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Amir Temur maqbarasini ham ziyorat qildi.
© Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatiTurkmaniston Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlandi
Turkmaniston Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlandi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2022
Turkmaniston Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlandi
Mehmonlarga buyuk Sohibqironning hayoti, sarkardalik mahorati, ulkan davlati haqida soʻzlab berildi.
Davlat rahbarlari Registon majmuasiga ham tashrif buyurdi. Majmuadagi uch muhtasham obida – Mirzo Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalarining tarixi haqida soʻzlab berildi.
© Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatiTurkmaniston Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlandi
Turkmaniston Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlandi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2022
Turkmaniston Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlandi
Shundan soʻng, Turkmaniston prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunlandi.
Qayd etilishicha, Serdar Berdimuhamedovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi kun tartibining kengligi va erishilgan kelishuvlarning ahamiyatiga koʻra ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochgan muhim voqea boʻldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlat rahbari kuzatib qoʻydi.
Yangiliklar lentasi
0