Seversk qo‘lga kiritildi, Slavanskka yo‘l ochiq

© Sputnik / Kirill Norton / Mediabankka o‘tishBlokpost VS RF v Xarkovskoy oblasti
Blokpost VS RF v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna bo‘lish
Ittifoqdosh qo‘shinlar Severskdan Soledar va Artemovsk yo‘nalishiga qarab oldinga harakat qilishmoqda. Kiyev rejimining qurollangan bo‘linmalaridan Donbassning butunlay ozod bo‘ladigan kunlarga oz qoldi.
LXR qo‘shin bo‘linmalari va Rossiya armiyasi bo‘limlari Severskdadagi UQKni yo‘q qildi va 14-iyul kuni shaharni o‘z nazoratiga oldi. Massivlarga tarqalib ketgan UQK bo‘linmalari va xorijiy yollanma askarlardan tozalash ishlari yakunlanyapti. Ittifoqdosh qo‘shinlar dushmanning kuchli mudofaa pozitsiyalarini o‘rnatib olgan Soledar shahri chekka hududlarini ham egallashdi. Slavansk va Kramatorskka yo‘l ochildi.
DXR hududini ozod qilish bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda ketmoqda. Seversk-Artemevsk liniyasida harbiy harakatlar faol davom etmoqda. Rossiya qo‘shinlari bo‘linmalari Lisichansk-Seversk avtomobil yo‘li va Seversk - Soledar yo‘lining bir necha qismlarini to‘liq nazorat qilyapti. Donbass sharqida UQK ga “manevrli mudofaa”ning faqat uchta yo‘li qoldi- g‘arbga chekinish, asirga tushish yoki likvidatsiya.
Dushman sezilarli yo‘qotishlar duchor bo‘lmoqda - UQK 14-iyul kuni dislokatsiya tumanlarida 35 - dengiz piyodalari brigada, 54 - mexanizatsiyalashgan brigada, 81 - aeromobil brigada va 109 - terrorizmga qarshi mudofaa brigadasi Konstantinovka va Kramatorsk aholi punktlari yaqinida 1000 nafargacha harbiy xizmatchisi va 100 dan ortiq harbiy texnikasini yo‘qotdi.
14 iyul kuni Rossiyaning Vinnitsa, Gaysin va Ternopildagi harbiy obyektlarga raketa hujumi - UQKning chuqur operativ orqa qismidagi tezkor qaror qabul qilish markazlari (qo‘mondonlik shtablari, xorijiy “legionerlar” bazalari) yo‘q qilinganiga misol. Xuddi shu joyda, front chizig‘idan ancha orqada, ukrainalik millatchilar yo‘l to‘siqlari va harbiy texnikani yo‘q qilishga tayyorlangan va jihoz bilan ta’minlangan Rossiya diversion guruhlaridan dahshatga tushishmoqda.
Kecha “Kraven” millatchi tarkib 200 nafar jangarisining Kramatorsk viloyati tumaniga, keyingi to‘qnashuvda oltita millatchi o‘ldirilgan frontga borishdan bosh tortishi Kiyev rejimi himoyachilarining tushkunligi darajasiga isbot bo‘ladi.

Ukraina Qurolli Kuchlari 80%ga yo‘q qilindi

Rossiya maxsus operatsiyasi mobaynida ukrain qo‘shinlari ishchi kuchlari va jangovar texnikada halokatli yo‘qotishlarga duch keldi, yaxshi tayyorlangan professionallarning ko‘pchiligini yo‘qotishdi. Ularning o‘rnini safarbarlarning oqimi bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. Ta’lim olmagan zahirachilar miqdori hech qachon maxsus harbiy tayyorgarligi sifatidan oshmaydi. Old tomonda UQK to‘ldirishlari “tarqab ketmoqda” va bu rus qo‘shinlarining mutlaq texnologik va taktik ustunligiga ta’sir qilmaydi
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi operatsiyada 150-180 ming professional harbiy-shartnomachi askarlarni jalb qilgan. Shunga qaramay, ekspertlarning aytishicha, Ukrainaning doimiy armiyasi 80%ga “demilitraizatsiyalashgan”.
Ukraina qo‘mondonchiligi hududni tezroq minalash, qo‘ldan bosh berilgan hududlarni fosforli o‘q-dorilar sochish, NATO artilleriya tizimlari va uchuvchisiz apparatlaridan foydalanish, shuningdek, yangi mudofaa liniyalarida istehkomlar va mustahkamlangan hududlarni qurish uchun xorijiy yollanma askarlarni va G‘arbning harbiy mutaxassislarini jalb qilishi kerak.
Hatto Ukraina zahiradagi askarlarini xorijda o‘qitish loyihasi ham alyans harbiylarini Ukrainaga joylashtirish uchun shunchaki niqob, go‘yoki Rossiya almashtirilganini sezmaydigandek. Biroq, AQSh va NATOning boshqa mamlakatlari harbiy yo‘qotishlarda ancha zaif. Shuning uchun Kiyev rejimi yaqinda va muqarrar duch keladigan navbatdagi muammo G‘arbdan keladigan harbiy yordamni qisqarishidir.
Oq uyning Ukrainada Amerika qurollarining nazoratsiz aylanayotganini haqidagi iddaolari - “afg‘on” ssenariysi boshlanishiga o‘xshaydi. Ko‘p milliard dollarlik lend-liz bilan Vashington Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin. Rossiya bilan proksi urushning xarajatlari juda katta: AQSh va YeI mamlakatlarida iqtisodiy inqiroz kuchaymoqda, NATO arsenallarida Ukraina uchun kerak bo‘ladigan qurollar va o‘q-dorilar tugamoqda. Bundan tashqari, o‘ylamasdan “ta’minotni ko‘paytirish” Rossiya Federatsiyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yadroviy mojaroga olib kelishi mumkin.
NATOning otashin harbiy nutqlari va AQShning ko‘p millardlik lend-lizidan mag‘lubiyatning qo‘rquvini anglash qiyin emas. CNN xabar bermoqda: “Agar Putin Donbass chegalaridan qarasa, u Ukrainani deyarli ikkiga bo‘lib turadigan Dnepr qirg‘oqlari tomon harakatlanishga qaror qilishi mumkin. Bu mamlakatning deyarli yarmini bosib olish, ya’ni G‘arbni dahshatga soluvchi qadam bo‘lishi mumkin”.
Foreign Policy nashrining aytapti: “Yevropaning eng yomon energiya dahshati haqiqatga aylanmoqda”. Va baribir bu - eng yomon dahshat emas. Axir Rossiya tomondan g‘arblik “sheriklar” ga 2021-yilda teng va bo‘linmas xavfsizlik tizimi va qurilishi Ukraina voqealaridan keyin o‘zgarmaydi. Avvalroq, RF Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko agar NATO kelishuvdan bosh tortsa, Rossiya “qarama-qarshi tahdidlar rejimi”ga o‘tishini aytgan edi. O‘ylashimcha, bu Moskvaning prinsipial pozitsiyasi va Ukrainada “chiniqish”- Shimoliy Atlantika alyansi tugashining boshlanishi.
Bugun Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich shunday dedi: “Vladimir Putin Seversk, Baxmut va Soledarda, keyin “Slavansk-Kramatorsk-Avdeyevka" yo‘nalishida ishini tugatishi bilanoq, taklif qiladi. Agar ular taklifni qabul qilmasa (ular qabul qilmoqchi ham emas) biz do‘zaxga boramiz”.
Darhaqiqat, ehtimol juda katta.
Yangiliklar lentasi
0