Turizm

Turkmanistondan Oʻzbekistonga turistik oqim yanada koʻpayadi

© Press-slujba Ministerstva turizma i kulturnogo naslediya UzbekistanaUzbekistan i Turkmenistan podpisali novoye soglasheniye o sotrudnichestve v sfere turizma
Uzbekistan i Turkmenistan podpisali novoye soglasheniye o sotrudnichestve v sfere turizma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bitimning imzolanishi Turkmanistondan Oʻzbekistonga turistik oqimni yanada koʻpaytirishga yordam beradi.
TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning 14 iyul kuni Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida Oʻzbekiston va Turkmaniston hukumati oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolangani haqida xabar berilgan edi.
Turizm va madaniy meros vazirligi mazkur bitim kuchga kirgan kundan boshlab turizm sohasida bundan avvalgi bitimlar oʻz kuchini yoʻqotishini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, hujjatda tomonlar "Buyuk Ipak yoʻli", "Bir sayohat — butun mintaqa" va boshqa qoʻshma turistik marshrutlar hamda brendlarni ilgari surishga qaratilgan xalqaro konferentsiyalar, forumlar, seminarlar va koʻrgazmalar tashkil etish hamda ommaviy axborot vositalarida nashrlar chop etish belgilangan.
Bitim ommaviy axborot vositalarida reklama kompaniyalarini oʻtkazish, tanishtiruv sayohatlari va kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda turizm sohasi vakillari uchun malaka oshirishlarni tashkil etish, maʼlumotlar almashinish, mavjud kombi (qoʻshma) turistik yoʻnalishlarni yanada rivojlantirish va yangilarini ishlab chiqish, shuningdek, transchegaraviy turistik almashinuvni rivojlantirish boʻyicha kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Taʼkidlanishicha, mazkur bitimning imzolanishi va amalga oshirilishi Turkmanistondan Oʻzbekistonga turistik oqimni yanada koʻpaytirishga, Oʻzbekiston turistik brendining Turkmaniston bozorida tanilishiga va ikki mamlakat turizmi industriyasi subʼyektlari oʻrtasida aloqalarni faollashtirishga yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0