Yuridik shaxslar uchun ham elektr va gaz narxi oshmaydigan bo‘ldi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishRosstandart vvel novie pravila proverki schetchikov
Rosstandart vvel novie pravila proverki schetchikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna bo‘lish
Yuridik shaxslar uchun ham gaz va elektr narxi vaqtincha oshmaydi. Vazirlar Mahkamasi qarorning amal qilish muddatini kechiktirdi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. 15 iyuldan yuridik shaxslar uchun ham elektr va gaz narxi oshirilmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 14-iyul kuni qabul qilgan tegishli qarorida belgilangan.
Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash hamda narx shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish ishlarini puxta tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Yoqilg‘i-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2022-yil 30-iyundagi 348-son qarorining amal qilishi vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qildi.
Shu munosabat bilan yuridik shaxslar uchun ham gaz va elektr narxi vaqtincha oshmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 15-iyun kuni hukumatning 348-son qarori loyihasining muhokama jarayonlari yakunlangan va 1 100 dan ortiq taklif va e’tirozlar kelib tushgani aytilgandi. Shuning uchun, energoresurslar uchun narxlarni dastlab yuridik shaxslar uchun erkinlashtirishga qaror qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0