Jamiyat

FVV Qozogʻistonda sodir boʻlgan YTH yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi

© Sputnik / Vasiliy Krestyaninov / Fotobankka oʻtishAvtomobil skoroy pomoщi na odnoy iz ulits v Alma-Ate.
Avtomobil skoroy pomoщi na odnoy iz ulits v Alma-Ate. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
FVV Qozogʻistonda sodir boʻlgan YTH yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi
TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. FVV Qozogʻistonda sodir boʻlgan YTH yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Bugun Qozogʻiston Karaganda viloyati Shetskiy tumanida MAN yuk mashinasi va “Mercedes-Benz Sprinter” yoʻlovchi mikroavtobusi toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani haqida xabar berildi.
“Oʻrganish natijalariga koʻra, “Mercedes-Benz Sprinter” mikroavtobus salonida boʻlgan 18 nafar yoʻlovchilardan 8 nafari Qozogʻiston fuqarolari voqea joyida vafot etgan, halok boʻlgan fuqarolarning shaxsiga aniqliklar kiritilganida ular orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, 10 nafari turli darajalarda tan jarohati olgan, ularning 5 nafari Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, ayni vaqtda ularga Aksu-Ayuli qishloq kasalxonasida malakali tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda. Ulardan 1 nafariga ambulator davolanish uchun ruxsat berilgan.
Avvalgi berilgan birlamchi shoshilinch xabarda 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi xalok boʻlganligi aytilgan edi. Qozogʻiston masʼul xizmatlari tomonidan mukammal oʻrganilib, fuqarolarning shaxsiga aniqliklar kiritilganda xalok boʻlganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligi maʼlum boʻldi”, - deyilgan FVV bayonotida.
Yangiliklar lentasi
0