Jamiyat

Qaysi davlat organlari korruptsiyaga qarshi samarali kurashmoqda

© PixabayRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasi ommalashtiriladi.
TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Korruptsiyaga qarshi standartlarni oʻz tizimida joriy etayotgan 24 ta tashkilot eksperiment tariqasida baholandi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi baholashni 29 ta maxsus indikatorlar asosida “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshirdi.
Unga koʻra, davlat tashkilotlarining korruptsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholandi.
“ 3 ta tashkilot faoliyat samaradorligi “yaxshi” – 81 balldan 100 ballgacha, 10 ta tashkilot faoliyati “qoniqarli” – 55 balldan 81 ballgacha va 11 ta tashkilotning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati “qoniqarsiz” – 55 balldan past toifalarga ajratildi”, deyiladi xabarda.
1-guruh – faoliyati “yaxshi” deb topilgan tashkilotlar
Davlat bojxona qoʻmitasi;
Davlat soliq qoʻmitasi;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
2-guruh – faoliyati “qoniqarli” deb topilgan tashkilotlar
Adliya vazirligi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
Maktabgacha taʼlim vazirligi;
Transport vazirligi;
Davlat statistika qoʻmitasi;
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
Toshkent shahar va Toshkent viloyat hokimliklari.
3-guruh – faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan tashkilotlar
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi;
Xalq taʼlimi vazirligi;
Qurilish vazirligi;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi;
Moliya vazirligi;
Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi;
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi;
Kadastr agentligi;
Boʻka va Mirzo Ulugʻbek tumani hokimliklari.

“Reyting baholash natijalari u yoki bu tashkilot (soha)ni korruptsiyalashgan yoki korruptsiyadan xoli degan fikrni bermaydi”, deyiladi xabarda.

Baholash yakunlari boʻyicha yaxshi deb topilgan davlat tashkilotlarining korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasi ommalashtiriladi.
Qoniqarlilarning korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyalar kiritiladi.
Qoniqarsiz deb baholangan tashkilotlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Qolaversa, bu boʻyicha tegishli rahbarlarning hisobotlari har chorakda Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning yigʻilishlarida eshitib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0