Maksim Shaskix “Paxtakor” bosh murabbiyi bo‘ldi

© Press-slujba futbolnogo kluba "Paxtakor"Maksim Shaskix
Maksim Shaskix  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
Maksim Shaskix Toshkentning “Paxtakor” klubida ish boshladi.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq a’zosi Maksim Shaskix Toshkentning “Paxtakor” klubida ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, klub va Shaskix o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, u sport direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatadi.
“Kiyevning “Dinamo” va O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ajoyib faoliyati orqali ko‘plab muxlislar mehrini qozongan, Yevropa maydonlarida yurtimiz nomini tanitgan Maksim Shaskix “Paxtakor” sport direktori sifatida ishga kirishdi”, - deyiladi xabarda.
Shaskix faoliyati davomida Valeriy Lobanovskiy singari mutaxassis qo‘l ostida Kiyevning “Dinamo”sida o‘ynagan.
“Shaskix zamonaviy futbol bilimlarini yaxshi o‘zlashtirgan. U klubimizga akademiyadan asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni iqtidorlarning tizim asosida bosib o‘tishiga yordamlashadi, yosh va yuqori salohiyatli futbolchilarni topishga intiladi. Bu borada u o‘ynagan “Dinamo” MDHda yetakchilardan biri sanaladi. Umid qilamizki, Shaskix klubimizning yangi darajaga ko‘tarilishi va ko‘plab sovrinlarga ega chiqishiga o‘zining katta hissasini qo‘shadi”, deyiladi xabarda.
Shaskix bungacha 2020−2021 yilgi mavsumda Rossiyaning “Rotor” klubida bosh murabbiy Aleksandr Xaskevichning yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan. U O‘zbekiston terma jamoasi safida 61 uchrashuvda 34 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0