O‘zbekistonda ipakchilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha ishga tushiriladi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishProverka shelkovichnix kokonov
Proverka shelkovichnix kokonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
Loyihani amalga oshirish natijasida ipakchilik sohasidagi korxonalar negizida klaster va tarmoqlarni shakllantirish kutilmoqda.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va BMTning Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tashkiloti o‘rtasida ipakchilik sanoatini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha imzolandi. Bu haqida “Dunyo” AA xabar berdi.
Loyihaning maqsadi O‘zbekiston hukumatining ipakchilik sanoatini modernizatsiya qilish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Unda COVID-19dan keyingi tiklanish davrida mahalliy hamjamiyatlarning barqaror rivojlanishi, kichik va o‘rta korxonalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Uch yillik muddatga mo‘ljallangan loyihaning budjeti 2,48 mln dollarni tashkil etadi.
Loyihani amalga oshirish natijasida ipakchilik sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar negizida klaster va tarmoqlarni shakllantirish kutilmoqda.
Bu korxonalar xalqaro sifat standartlariga javob beradigan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va diversifikatsiya qilish maqsadida modernizatsiya qilinadi.
Qolaversa, marketing, brending va raqamlashtirish, inqirozdan keyingi tiklanish strategiyalariga asoslangan uzoq muddatli biznes usullari joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0