Jamiyat

Qoraqalpogʻistondagi soliq toʻlovchilarga yengillik berildi

Nalogi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlarga javobgarlik va taʼsir choralari qoʻllanilmaydi.
TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi soliq toʻlovchilarga nisbatan javobgarlik va taʼsir choralari vaqtinchalik qoʻllanilmaydi. Bu haqida Davlat soliq qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, favqulodda holat davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik holatlari boʻyicha javobgarlik va taʼsir choralari qoʻllanilmaydi.
Mazkur choralar Qoraqalpogʻistonda 3 iyulidan 2 avgustiga qadar favqulodda holat eʼlon qilinganligi sababli joriy etildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qoraqalpogʻistondagi voqealarni oʻrganish yuzasidan Oliy Majlis vakillari va xalq deputatlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda xodimlaridan iborat komissiya tuzildi.
Yangiliklar lentasi
0