https://sputniknews-uz.com/20220716/qoraqalpogistondagi-voqealarni-organish-yuzasidan-komissiya-tuzildi-26237152.html
Qoraqalpogʻistondagi voqealarni oʻrganish yuzasidan komissiya tuzildi
Qoraqalpogʻistondagi voqealarni oʻrganish yuzasidan komissiya tuzildi
Qoraqalpogʻistonda yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv oʻtkazish boʻyicha komissiya tuzildi.
2022-07-16T09:35+0500
2022-07-16T09:35+0500
2022-07-16T09:35+0500
siyosat
qoraqalpogʻiston
oʻzbekiston oliy majlisi senati
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/0f/26234452_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_9e10d6f4cec46895eb186dc3a1e7eb18.jpg
TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Qoraqalpogʻistonda yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv oʻtkazish boʻyicha komissiya tuzildi.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman)ning Qoraqalpogʻistonda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash masalasiga doir murojaati koʻrib chiqildi.Majlisda komissiya tuzish toʻgʻrisida qoʻshma qaror qabul qilindi va mazkur hujjat bilan komissiya tarkibi va komissiya toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlandi.“Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillari va xalq deputatlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda xodimlari kiritildi”, deyiladi xabarda.Komissiyaga rahbarlik qilish Inson huquqlari boʻyicha vakil Feruza Eshmatova zimmasiga yuklatildi.Aytilishicha, oʻtkazilgan tekshiruv natijalari eʼlon qilinadi va Oʻzbekiston jamoatchiligi va jahon hamjamiyatiga yetkaziladi.Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident tomonidan Bosh prokurorga Nukus shahrida yuz bergan voqealarning har bir holatini chuqur va xolisona oʻrganish va voqea ishtirokchilarining xatti-harakatlariga adolatli huquqiy baho berish topshirigʻi berilgandi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/0f/26234452_195:0:2926:2048_1920x0_80_0_0_62323f709720779d696042ecf96b6bb7.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qoraqalpogʻiston, oʻzbekiston oliy majlisi senati
Qoraqalpogʻistondagi voqealarni oʻrganish yuzasidan komissiya tuzildi
Komissiyaga rahbarlik qilish Inson huquqlari boʻyicha vakil Feruza Eshmatova zimmasiga yuklatildi.
TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Qoraqalpogʻistonda yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv oʻtkazish boʻyicha komissiya
tuzildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman)ning Qoraqalpogʻistonda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash masalasiga doir murojaati koʻrib chiqildi.
Majlisda komissiya tuzish toʻgʻrisida qoʻshma qaror qabul qilindi va mazkur hujjat bilan komissiya tarkibi va komissiya toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlandi.
“Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillari va xalq deputatlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda xodimlari kiritildi”, deyiladi xabarda.
Komissiyaga rahbarlik qilish Inson huquqlari boʻyicha vakil Feruza Eshmatova zimmasiga yuklatildi.
Aytilishicha, oʻtkazilgan tekshiruv natijalari eʼlon qilinadi va Oʻzbekiston jamoatchiligi va jahon hamjamiyatiga yetkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident tomonidan Bosh prokurorga Nukus shahrida yuz bergan voqealarning har bir holatini chuqur va xolisona oʻrganish va voqea ishtirokchilarining xatti-harakatlariga adolatli huquqiy baho berish topshirigʻi
berilgandi.