“Toshkent-Seul-Toshkent” aviaqatnovlari uchun bagaj meyori oshirildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishChemodani v aeroportu Sheremetyevo
Chemodani v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
Guruh bo‘lib olingan tarifda, shuningdek, biznes-klass tariflarida yuk tashish meyorlari o‘zgarishsiz qolmoqda.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. “Toshkent-Seul- Toshkent” aviaqatnovlari uchun bagaj meyori oshirildi. Bu haqida Uzbekistan Airways ma’lum qildi.
Aytilishicha, endi yo‘lovchilarga faqat ekonom-klass uchun bagaj miqdori, aviachiptada ko‘rsatilgan meyordan qat’iy nazar hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz oshiriladi.
“Yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Y- va B - tariflari har biri 23 kg/158 sm gacha bo‘lgan 2 ta bagajga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Guruh bo‘lib olingan tarifda, shuningdek, biznes-klass tariflarida yuk tashish meyorlari esa o‘zgarishsiz qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways “Toshkent-Seul-Toshkent” xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar sonini ko‘paytirmoqda. 1-avgustdan boshlab Toshkentdan Seulga 5-marta – dushanba, seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari parvoz qilish mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0