Sport

Vladivostokda "Osiyo bolalari" xalqaro sport oʻyinlari oʻtkaziladi

© Mejdunarodnыe sportivnыe igrы "Deti Azii"II zimniye Mejdunarodnыe sportivnыe igrы "Deti Azii" proydut v Kuzbasse s 23 fevralya po 5 marta 2023 goda
II zimniye Mejdunarodnыe sportivnыe igrы Deti Azii proydut v Kuzbasse s 23 fevralya po 5 marta 2023 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Osiyo bolalari” VII Xalqaro sport oʻyinlari 27 iyul kuni start oladi.
TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. “Osiyo bolalari” VII Xalqaro sport oʻyinlarida 2000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
27 iyul kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida oʻsmirlar oʻrtasida (14-16 yosh toifasida) “Osiyo bolalari” sport festivaliga start beriladi.
Musobaqada ishtirok etuvchi davlatlarning umumiy soni 14ta davlatni tashkil qilmoqda. Unda jami 16 yoshgacha boʻlgan 2000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi.
Medallar sportning 19 turi: badminton, basketbol, boks, voleybol, dzyudo, yengil atletika, mas-restling, suzish, sambo, kurash, futzal va boshqa sport turlari boʻyicha oʻynaladi.
Musobaqalar Vladivostokdagi 10 ta sport inshootida, jumladan, yangilangan “Dinamo” stadioni, “Olimpiyskiy” sport majmuasi, “Yunost” sport saroyi va Vladivostokning markaziy maydonida oʻtkaziladi.
Oʻyinlarning ochilish va yopilish marosimlari “Fetisov Arena” konsert-sport majmuasida boʻlib oʻtadi.
Mazkur festival oʻz ishini 8 avgustga qadar olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0