Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Xurrak otish zararlimi?

© Depositphotos.com / FotodomXoroshiy krepkiy son - zalog nashego fizicheskogo i dushevnogo zdorovya
Xoroshiy krepkiy son - zalog nashego fizicheskogo i dushevnogo zdorovya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2022
Obuna bo‘lish
Xurrak otadigan odamlarda xotira va diqqat kamayishi tez-tez kuzatiladi.
Xurrak sababli salomatlikda jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu haqida Sputnik Qirg‘iziston otorinolaringolog Eduard Vazmenovga tayanib xabar berdi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, xurrak obstruktiv uyqu apnoesi sindromini qo‘zg‘atadi. Kishi uxlab yotganda nafas olayotganda, halqum darajasida yuqori nafas yo‘llari vaqti-vaqti bilan pastga tushadi. Natijada, xurrak otayotgan odam 10 soniya yoki undan ko‘proq vaqt davomida nafas olishni to‘xtatadi, kislorod o‘pkaga kirmaydi va qondagi kislorod konsentratsiyasi pasayadi. Miya uyg‘onish uchun signal beradi, natijada uyqu to‘satdan qo‘pol ravishda uziladi. Odam buni eslamaydi, bir zumda yana uxlab qoladi va bezovta qiluvchi sikl yana takrorlanadi. Bu uyqu apnoesi deyiladi.
“Nerv tizimi bundan aziyat chekadi, xurrakning oqibatlari esa uyg‘ongandan keyin darhol seziladi. Odam uyquga to‘ymagan, unda jizzakilik seziladi, atrofdadagilarga g‘azabini sochadi. Litrlab iste’mol qilingan qahva ham yordam bermaydi. Aksincha, vaziyatni yanada yomonlashtiradi. Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan xotira va diqqat qilish funksiyalari yomonlashadi, aqliy faoliyatga ham salbiy ta’sir qiladi. Ortiqcha vaznli xurrak otadigan erkaklarda esa jiddiy gormonal muammolar kuzatiladi”.
Ortiqcha vazn, baland xurrak, bezovta uyqu, kunduzi uyquchanlik, tunda ham, kunduzi ham yuqori qon bosimi uyqu apnoesi belgisi hisoblanadi.
Shifokor uyqu apnoesi bolalarda ham uchrashini aytdi. Bunga burun pardadevorining qiyshiqligi va bodomsimon bezlarning kattalashishi sabab bo‘lishi mumkin.
“Bolalar nerv tizimi uyqu rejimi buzilishiga juda sezgir. Bu ularning hech bir narsaga diqqatini jamlay olmasligida, ya’ni giperaktivligida seziladi. Shuning uchun, ota-onalar bolaning qanday uxlayotgani, nafar olishda muammolari bor yoki yo‘qligini tekshirishi kerak”, - deb maslahat beradi shifokor.
Xo‘sh, xurrakdan qanday xalos bo‘lish mumkin?
Davolashning eng keng tarqalgan usuli - SIPAP: maxsus moslama tufayli nafas olish yo‘llaridan doimiy bosim ushlab turiladi. Faqat jarrohlik amaliyoti bilan xurrakdan batamom xalos bo‘lish mumkin. Xirurg burun pardadevorini korreksiyalaydi. Bu esa yumshoq tanglay mushaklarining ohangini tiklaydi. Bolalarda esa bu holatda bodomsimon bezlar olib tashlanadi.
Agar xurrak boshlanmagan bo‘lsa, ushbu mashqlarni har kuni bajarib, oldini olish mumkin:
Barcha unli tovushlarni aniq va ravon talaffuz qilish (har kuni bir marotaba- 3 daqiqa)
Tilni iloji boricha oldinga va orqaga harakatlantirish, besh soniya ushlab turish. (besh marta takrorlash kerak)
Tilni yumshoq tanglayga bir daqiqa bosib turish. (uch marta takrorlash. Takrorlashlar orasida 30 soniyalik tanaffus qilish)
Lablarni jipslashtirish va ularni iloji boricha yuqoriga ko‘tarish. Bu holatda yarim daqiqa ushlab turish (kun davomida bir necha marotaba takrorlash)
Pastki jag‘ bilan aylana harakatlar qilish. Dastlab soat chiziqlari yo‘nalishi bo‘yicha, keyin teskari. (o‘n marta takrorlash)
Yog‘och cho‘pni tishlar bilan 5 daqiqa ushlab turish
Yangiliklar lentasi
0