Dunyoda

Gretsiya shimolida Ukraina aviakompaniyasining yuk tashuvchi samolyoti qulab tushdi

© AP Photo / Giannis PapanikosNa severe Gretsii upal gruzovoy samolet "Antonov" ukrainskoy aviakompanii
Na severe Gretsii upal gruzovoy samolet Antonov ukrainskoy aviakompanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Serbiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, Gretsiyada qulagan samolyot Serbiyadan Bangladeshga 11,5 tonna mudofaa mahsulotlarini olib ketayotgan boʻlgan.
TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Gretsiya shimolida Ukraina aviakompaniyasining “Antonov” yuk tashuvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti ERT maʼlumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Samolyot Serbiyadan Iordaniyaga uchayotgan boʻlgan, bortida yoʻlovchilar boʻlmagan.
Uchuvchi dvigatel ishdan chiqqanini maʼlum qilgan va Kavala aeroportiga qoʻnish uchun ruxsat soʻragan, biroq keyin u radardan yoʻqolib qolgan.
Havo kemasi bortida ekipajning sakkiz nafar aʼzosi boʻlgani aytilmoqda.
“Olov qurshab olgan ulkan samolyot Pangeu munitsipalitetidagi Paleoxori qishlogʻi yaqinida aniqlangan. Olovni oʻchirish operatsiyasi olib borilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, samolyot makkajoʻxori maydoniga borib urilgan va portlash ovozlari eshitilgan”, - deyilgan xabarda.
Gretsiya yongʻin xizmati xabariga koʻra, olovni oʻchirish uchun 15 nafar qutqaruvchi va 7 ta mashina jalb qilingan.
Serbiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, Gretsiyada qulagan samolyot Serbiyadan Bangladeshga 11,5 tonna mudofaa mahsulotlarini olib ketayotgan boʻlgan. Samolyot bortida boʻlgan 8 nafar ekipad aʼzolari halok boʻlgan
Yangiliklar lentasi
0