Siyosat

Jamshid Xodjayev yana investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga rahbar etib tayinlandi

© Foto: Minselxoz UzbekistanaJamshid Xodjayev
Jamshid Xodjayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xodjayev 2017 yildan 2019 yilgacha tashqi savdo vaziri boʻlib ishlagan edi.
TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Jamshid Xodjayev Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Tayinlovga qadar Xodjayev Qishloq xoʻjaligi vazirligiga rahbarlik qilib kelgan. Ushbu lavozimdan oldin u 2017 yildan 2019 yilgacha tashqi savdo vaziri boʻlib ishlagan. Undan avval esa Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib, gʻaznachilik, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihaviy moliyalashtirish va boshqa departamentlar ishini muvofiqlashtirgan.
Shuningdek, u Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari – Davlat byudjetiga tushumlarning toʻliqligini nazorat qilish inspektsiyasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil qilish, uning faoliyatini tartibga solishning toʻlaqonli meʼyoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish, shuningdek Jamgʻarma resurs bazasini yanada mustahkamlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.
2021 yil 10 sentyabrida boshlab Jamshid Xodjayev zimmasiga Toshkent davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajarish ham yuklangan edi.
Jamshid Xodjayev 1979 yilda Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida tugʻilgan. 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Xodjayev Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan “Umid” jamgʻarmasining stipendiyasi sohibi. 2002 yilda Yevropa Davlat boshqaruvi institutini (EIPA) tamomlagan, shundan soʻng 2003 yilda Birmingem universitetida (Buyuk Britaniya) xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi mutaxassisligi boʻyicha MVA darajasiga ega boʻlgan.
Commerzbank (Germaniya), XVJ (AQSH), Standard Bank (JAR), JPMorgan Chase (AQSH), Rossiya Banki (RF), Natixis (Frantsiya), KB Kookmin (Janubiy Koreya), DBS (Singapur), Credit Suisse (Shveytsariya) kabi qator xorijiy tashkilotlarning trening va oʻquv kurslarida qatnashgan.
Avvalroq Sardor Umurzakov Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangani sabab bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ketgan edi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari esa Jamshid Xodjayev nomzodini Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga maʼqullashgan edi.
Yangiliklar lentasi
0