Rossiya

Medvedev: Qrimga hujum qilingan taqdirda Ukraina rahbariyati uchun qiyomat kuni keladi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Fotobankka oʻtishZampred Sovbeza RF D. Medvedev prinyal uchastiye v zasedanii popechitelskogo soveta SPbGU
Zampred Sovbeza RF D. Medvedev prinyal uchastiye v zasedanii popechitelskogo soveta SPbGU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Ukraina rahbariyati uchun qiyomat kuni kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Ayrim ukrain siyosatchilari Qrimga hujum qilishni nazarda tutib, Rossiyaga tahdid qilishga urinishmoqda. Agar shunga oʻxshash voqea roʻy bersa, ularning bari uchun qiyomat kuni keladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev Volgogradda faxriylar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
“Vaqti-vaqti bilan qandaydir bayonotlar bilan u yerda ayrim qattiq hayajonlangan, qonli masxarabozlar ogʻiz ochishmoqda va Qrimga hujum qilish va hokazolarni nazarda tutib, bizga tahdid qilishga urinishmoqda. Shu munosabat bilan shuni aytmoqchimanki, ular bunday bayonotlarning oqibatlarini yaqqol tushunib turishibdi. Oqibatlari esa oyday ravshan, shunga oʻxshash biror bir voqea roʻy bergan taqdirda, u yerdagi barcha uchun bir zumda qiyomat kuni keladi. Juda tez va ogʻir. Berkinish gʻoyat qiyin boʻladi”, - dedi Medvedev.
Yangiliklar lentasi
0