Jamiyat

Otabekov Oʻzbekistonga kovidning kentavr varianti kirib kelgan boʻlishini inkor qilmadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
SES rahbari oʻrinbosari Oʻzbekistonga koronavirus "omikron" shtammining yangi varianti kirib kelgan boʻlishi mumkinligini inkor etmadi.
TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov "Zamon.uz"ga bergan intervyusida koronavirusning kentavr varianti va uning tarqalish tendentsiyasi haqida maʼlumot berdi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, bu ham omikron shtammining bir turi. Kasallikning qanday nomlanishi juda katta ahamiyatga ega emas, bularning bari koronavirus.
"Kentavr shtammining yuqish tendentsiyasi bir muncha yuqori. Bir vaqtning oʻzida juda koʻp odamlarni kasallantirishi mumkin. Hatto omikronning boshqa turi bilan kasallangan odam ham ushbu virusni yuqtirib olyapti", — deydi Otabekov.
Raqamlarga murojaat qilinsa, kasallikning kechishi deyarli hammada bir xil. 98 foiz holatda kasallik yengil kechyapti. Unga qarshi emlanganlarda asoratlarsiz oʻtyapti.
Otabekov "kentavr" Oʻzbekistonga allaqachon kirib kelgan boʻlishi mumkinligini istisno etmadi:
"Oʻzbekiston fuqarolari hozir dunyoning xohlagan nuqtasida boʻlishi mumkin. Shu nuqtai nazardan virus kasallikning yashirin davrida Oʻzbekistonga kirib kelgan boʻlishi mumkin", - deydi u.
Koronavirusning “kentavr” deb nomlangan yangi mutatsiyasi tarqalmoqda. U qanchalik xavfli?
Koronavirus odamlarni kasallagandan beri salkam 17 mingta mutatsiyaga uchragan variantlari paydo boʻlgan, hammasiga ham vaktsina ishlab chiqarishga ehtiyoj yoʻq. Mavjud vaktsinalar, buster doza bilan emlanishning oʻzi kifoya qiladi.
Yangiliklar lentasi
0