Iqtisod

Oʻzbekiston 5 yil ichida qurilgan GESlar boʻyicha MDH orasida birinchi oʻrinni egalladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDlya stroitelstva GES v Tashkentskoy oblasti perekrыli ruslo reki Pskem
Dlya stroitelstva GES v Tashkentskoy oblasti perekrыli ruslo reki Pskem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda oʻtgan 5 yillik qisqa davr mobaynida 11 ta yangi GES qurib foydalanishga topshirilgan.
TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. MDH mamlakatlari ichida oʻtgan 5 yil davomida gidroenergetika sohasida yangi GESlarni foylalanishga topshirish boʻyicha Oʻzbekiston yetakchi oʻrinni egallamoqda. Bu haqda “Oʻzbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi besh yil ichida Rossiyada jami 6 ta, Tojikistonda 1 ta, Qozogʻistonda 3 ta, Ozarbayjonda 5 ta, Belarusda 2 ta yangi GESlar ishga tushirilgan. Ukraina, Moldova, Gruziya, Qirgʻizistonda yangi GESlar ishga tushirilmagan.
“Mamlakatimizning esa, bu borada yuqori koʻrsatkichni qayd etgani sir emas. Oʻtgan 5 yillik qisqa davr mobaynida 11 ta yangi GES qurib foydalanishga topshirilgan boʻlsa, 9 ta GES modernizatsiya qilinib, yangi quvvatlarda ishga tushirildi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yilda qabul qilingan dasturga koʻra, Oʻzbekistonda 2022-2026 yillar davomida bir necha oʻrta va kichik GESlar quriladi. Ular orasida 400 MVt quvvatli Pskom GESi eng yirigi boʻladi. Shuningdek, 7 ta 170 MVtli GESlar, 12 ta 150 MVt quvvatli GESlar qurilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0