Jamiyat

Oʻzbekistonlik oʻquvchi Xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritdi

© Foto: MNO UzbekistanaLazizbek Rajabboyev
Lazizbek Rajabboyev  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oslo shahrida oʻtkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qoʻlga kiritdi.
TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi Lazizbek Rajabboyev Norvegiyaning Oslo shahrida oʻtkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Xalq taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
6-16 iyul kunlari oʻtkazilgan olimpiadada dunyoning 104 ta davlatidan 589 nafar oʻquvchi qatnashgan. Oʻzbekiston sharafini Lazizbek Rajabboyev, Anvarbek Rahmatov, Jasurbek Roʻziboyev (Buxoro viloyati), Iskandar Boʻriyev, Jaloliddin Xolmatov (Toshkent shahri) va Tohirbek Toʻlanov (Fargʻona viloyati) himoya qilishgan.
Vazirlik xabariga koʻra, bronza medali uchun Lazizbek Rajabboyev 60 mln soʻm, uning oʻqituvchisi esa 45 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Belgilangan tartibga koʻra, medal sohibi oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0