Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Undan tayyorlangan oziq-ovqatlar saratonga olib keladi - mutaxassis

© Pixabay/blandinejoannicBananovыy xleb
Bananovыy xleb - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mutaxassis undan tayyorlangan oziq-ovqatlar qanday qilib saraton kasalligini keltirib chiqarishini aytdi
Baʼzi turdagi pishiriqlar saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin, deydi ratsional ovqatlanish boʻyicha mutaxassis Ivan Alimenko. Bu haqida Sputnik radiosi maʼlum qildi.
Pishiriqlarni xarid qilayotganda mahsulot tarkibiga eʼtibor berish kerak. Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, baʼzi turdagi pishiriqlar tarkibida sifatsiz va zararli yogʻlar koʻp.
“Qatlamali xamir tarkibida sifatsiz yogʻlar boʻladi. Asosan, bu margarin va sariyogʻ aralashmasi, yoki tarkibida eng koʻp transyogʻlar boʻlgan sifatsiz margarin boʻlishi mumkin. Shu bilan birga issiqlik bilan ishlov berilgan yogʻlar kimyoviy darajada deformatsiyaga uchraydi va salomatlik uchun xavfga aylanadi”, - deydi Ivan Alimenko.
Sifatsiz yogʻlardan tayyorlangan mahsulotlarini isteʼmol qilish semizlik, qandli diabet, yuqori qon bosimi, ateroskleroz, xolesterin koʻpayishi va tromblar yorilishiga olib keladi.
Buni oldini olish uchun mutaxassis eng oddiy tarkibga ega hamirli mahsulotlarni xarid qilishni tavsiya qildi.
“Yaxshisi, faqatgina un va suvdan tayyorlangan xamir olgan maʼqul. Bu bagetlar, batonlar, oddiy bulochkalar, lavash xamiri boʻlishi mumkin”.
Ekspertning qoʻshimcha qilishicha, sevimli taomlardan butunlay voz kechish kerak emas, shunchaki meʼyorga amal qilish yetarli.
Yangiliklar lentasi
0