https://sputniknews-uz.com/20220718/bolalarni-davlat-bogchalariga-qabul-qilish-tartibi-malum-qilindi-26292147.html
Bolalarni davlat bogʻchalariga qabul qilish tartibi maʼlum qilindi
Bolalarni davlat bogʻchalariga qabul qilish tartibi maʼlum qilindi
Adliya vazirligi bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi haqida maʼlumot berdi.
2022-07-18T15:25+0500
2022-07-18T15:25+0500
2022-07-18T15:45+0500
jamiyat
bogʻchalar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/03/18126529_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_e593866a9c1a01649c1ddc87018b2a54.jpg
TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Adliya vazirligi bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi haqida maʼlumot berdi.Ota-onalar, ular oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalar yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da roʻyxatdan oʻtadi.Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDYO organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.Soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi.Tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan bolalar qatlami:Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.Avvalroq endi oilaviy bogʻchalarga 3 yoshga toʻlmagan bolalar ham qabul qilinishi xabar qilingan edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/03/18126529_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_47c2408ddbed1a6ea5411651daee15f1.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
davlat bogʻchalariga qabul tartib
davlat bogʻchalariga qabul tartib
Bolalarni davlat bogʻchalariga qabul qilish tartibi maʼlum qilindi
15:25 18.07.2022 (yangilandi: 15:45 18.07.2022) Ariza beruvchilar yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da roʻyxatdan oʻtadi.
TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Adliya vazirligi bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi haqida
maʼlumot berdi. Ota-onalar, ular oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalar yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da roʻyxatdan oʻtadi.
Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDYO organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.
Soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi.
Tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.
Imtiyozli roʻyxatga kiritiladigan bolalar qatlami:
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar bolalari;
koʻp bolali oilalar bolalari;
yetim bolalar yoki ota-onasi qarovisiz qolgan bolalar;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollar bolalari;
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlari bolalari;
talabalar va pedagoglar bolalari;
akalari yoki opalari ushbu muassasa tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.
Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Avvalroq endi oilaviy bogʻchalarga 3 yoshga toʻlmagan bolalar ham qabul qilinishi
xabar qilingan edi.