https://oz.sputniknews-uz.com/20220718/egasi-aniqlanmagan-erlar-aholi-uchun-qulay-maydonlarga-almashtiriladi-26299328.html
Egasi aniqlanmagan yerlar aholi uchun qulay maydonlarga almashtiriladi
Egasi aniqlanmagan yerlar aholi uchun qulay maydonlarga almashtiriladi
Respublika boʻyicha 16 ming gektar maydon egasini topmagan. 18.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-18T18:28+0500
2022-07-18T18:28+0500
2022-07-18T18:28+0500
jamiyat
yer ajratish
oʻzbekiston
shavkat mirziyoyev
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/12/26299478_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1b664371b020a108d2843ac0d6cd0ced.jpg
TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda yil oxirigacha qoʻshimcha 20 ming gektar ekin maydoni aholiga ajratib beriladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, respublika boʻyicha 16 ming gektar maydon egasini topmagan. Chunki bu yerlar aholi yashaydigan joydan uzoq, suvi ogʻir, meliorativ holati yomon, lalmi va yaylov maydonlardan tanlangani uchun ularga dehqonlarda qiziqish yoʻq.Bundan tashqari, 4 ming 300 gektar maydon egalariga kadastr berilmagan, yaʼni ularda hali egalik huquqi yoʻq.Mutasaddilarga va viloyat hokimlariga tanlovda egasi aniqlanmagan yerlarni aholi uchun qulay maydonlarga almashtirish, yer egalariga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish topshirildi.Unga koʻra:Mutasaddilar, viloyat va tuman hokimlariga bir oy muddatda kamida 1 mingta mahallada kichik hajmli muzlatkichlar oʻrnatish hamda 3 ming gektarda parnik usulida ertaki mahsulotlar yetishtirish dasturini boshlash topshirildi.Bunga joriy yilda 50 mln dollar, kelgusi yilda yana 100 mln dollar yoʻnaltiriladi.Shuningdek, “daftarlar”dagi aholiga yer berilganda, barcha imtiyoz va toʻlovlar 1 yilgacha saqlanib qoladi.Shuningdek, tanlovda 1 nafar talabgor ishtirok etganda ham tanlov oʻtkazilgan hisoblanadi.Mahallalarga hosildor urugʻ, koʻchat yetkazish va mahsulotini sotib olish uchun 150 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/07/12/26299478_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f4c197fedb43d28207e33ae6570b0dc0.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yer ajratish, oʻzbekiston, shavkat mirziyoyev
Egasi aniqlanmagan yerlar aholi uchun qulay maydonlarga almashtiriladi
Respublika boʻyicha 16 ming gektar maydon egasini topmagan.
TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda yil oxirigacha qoʻshimcha 20 ming gektar ekin maydoni aholiga ajratib beriladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yigʻilishida maʼlum
qilindi. Qayd etilishicha, respublika boʻyicha 16 ming gektar maydon egasini topmagan. Chunki bu yerlar aholi yashaydigan joydan uzoq, suvi ogʻir, meliorativ holati yomon, lalmi va yaylov maydonlardan tanlangani uchun ularga dehqonlarda qiziqish yoʻq.
Bundan tashqari, 4 ming 300 gektar maydon egalariga kadastr berilmagan, yaʼni ularda hali egalik huquqi yoʻq.
Mutasaddilarga va viloyat hokimlariga tanlovda egasi aniqlanmagan yerlarni aholi uchun qulay maydonlarga almashtirish, yer egalariga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish topshirildi.
- yil yakunigacha yana qoʻshimcha 20 ming gektar ekin maydoni aholiga boʻlib beriladi (jami 100 ming gektar boʻladi);
- kelgusi yilda yana qoʻshimcha 100 ming gektar ekin maydoni ham aholiga tarqatiladi (jami 200 ming gektar boʻladi).
“Bu – juda katta islohot. Buning hisobiga qoʻshimcha 1 million 200 ming nafar aholini band qilish uchun sharoit yaratilmoqda. Eng asosiysi – agar tuman hokimi, hokim yordamchisi bu masalaga hisob-kitob bilan yondashsa, oziq-ovqat, ishsizlar masalasini bemalol hal qila oladi”, deydi prezident.
Mutasaddilar, viloyat va tuman hokimlariga bir oy muddatda kamida 1 mingta mahallada kichik hajmli muzlatkichlar oʻrnatish hamda 3 ming gektarda parnik usulida ertaki mahsulotlar yetishtirish dasturini boshlash topshirildi.
Bunga joriy yilda 50 mln dollar, kelgusi yilda yana 100 mln dollar yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, “daftarlar”dagi aholiga yer berilganda, barcha imtiyoz va toʻlovlar 1 yilgacha saqlanib qoladi.
Shuningdek, tanlovda 1 nafar talabgor ishtirok etganda ham tanlov oʻtkazilgan hisoblanadi.
Mahallalarga hosildor urugʻ, koʻchat yetkazish va mahsulotini sotib olish uchun 150 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.