https://oz.sputniknews-uz.com/20220718/germaniya-26292972.html
Germaniya Rossiya gazisiz qanday qiyinchiliklarga duch kelishi aytildi
Germaniya Rossiya gazisiz qanday qiyinchiliklarga duch kelishi aytildi
Germaniyada gaz bilan bogʻliq muammo 2024 yilgacha davom etishi mumkin. 18.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-18T16:01+0500
2022-07-18T16:01+0500
2022-07-18T16:01+0500
dunyoda
germaniya
gaz
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/964/18/9641887_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_63de5cb8480b0b8d5630a2fc312149f5.jpg
TOSHKENT, 18 iyul – Sputnik. Germaniya hukumati gaz taqchilligi joriy qishda mamlakatning ayrim hududlarida favqulodda vaziyatlarga olib kelishi va gaz bilan bogʻliq muammo Germaniyada 2024 yilgacha davom etishidan, bu esa, oʻz navbatida, gaz narxining uch baravar oshishiga olib kelishidan xavotirda. Bu haqda “Bild” tabloidi yozmoqda. Unga koʻra, joriy yilning 14 iyul kuni Germaniya kantsleri idorasi rahbari Volfgang Shmidt davlat maʼmuriyatlari rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazgan va unda gaz inqirozi muhokama qilingan.Taʼkidlanishicha, gaz tanqisligi tufayli yuzaga kelgan favqulodda holat butun Germaniya hududiga taʼsir qilmasa ham, alohida federal yerlarga taʼsir qilishi mumkin. Nashrning qayd etishicha, gaz muammosi Germaniyada 2024 yilgacha davom etadi. Federal hukumat gaz narxi ikki yoki uch baravar oshishini kutmoqda, hukumat narxlarning oshishini toʻliq yumshata olmaydi, bu esa fuqarolarning choʻntagiga taʼsir qiladi, deb yozmoqda nashr.Federal tarmoq agentligi rahbari Klaus Myullerga koʻra, Germaniya gaz omborlarining toʻldirilganlik darajasi qish mavsumini Rossiya gazisiz oʻtkazish uchun yetarli emas. Shu bilan birga, u hech qanday stsenariy boʻyicha Germaniya gazsiz qolmasligini taʼkidlagan.Yevropaga “Shimoliy oqim” boʻyicha gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildiEslatib oʻtamiz, Germaniya vitse-kantsleri, Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabekning Rossiya gazini LNG yetkazib berish bilan almashtirish rejasi barbod boʻlgani xabar qilingan edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/964/18/9641887_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6058eedae2414fe8b06f5ea28d4da7c4.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
germaniya, gaz
Germaniya Rossiya gazisiz qanday qiyinchiliklarga duch kelishi aytildi
Germaniyada gaz bilan bogʻliq muammo 2024 yilgacha davom etishi mumkin.
TOSHKENT, 18 iyul – Sputnik. Germaniya hukumati gaz taqchilligi joriy qishda mamlakatning ayrim hududlarida favqulodda vaziyatlarga olib kelishi va gaz bilan bogʻliq muammo Germaniyada 2024 yilgacha davom etishidan, bu esa, oʻz navbatida, gaz narxining uch baravar oshishiga olib kelishidan xavotirda. Bu haqda “Bild” tabloidi
yozmoqda. Unga koʻra, joriy yilning 14 iyul kuni Germaniya kantsleri idorasi rahbari Volfgang Shmidt davlat maʼmuriyatlari rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazgan va unda gaz inqirozi muhokama qilingan.
“Bild” maʼlumotlariga koʻra, federal hukumat qishda hududlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishini kutmoqda”, - deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, gaz tanqisligi tufayli yuzaga kelgan favqulodda holat butun Germaniya hududiga taʼsir qilmasa ham, alohida federal yerlarga taʼsir qilishi mumkin. Nashrning qayd etishicha, gaz muammosi Germaniyada 2024 yilgacha davom etadi. Federal hukumat gaz narxi ikki yoki uch baravar oshishini kutmoqda, hukumat narxlarning oshishini toʻliq yumshata olmaydi, bu esa fuqarolarning choʻntagiga taʼsir qiladi, deb yozmoqda nashr.
Federal tarmoq agentligi rahbari Klaus Myullerga koʻra, Germaniya gaz omborlarining toʻldirilganlik darajasi qish mavsumini Rossiya gazisiz oʻtkazish uchun yetarli emas. Shu bilan birga, u hech qanday stsenariy boʻyicha Germaniya gazsiz qolmasligini taʼkidlagan.
Eslatib oʻtamiz, Germaniya vitse-kantsleri, Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabekning Rossiya gazini LNG yetkazib berish bilan almashtirish rejasi barbod boʻlgani
xabar qilingan edi.