Sport

Osiyo kubogi-2023 musobaqasi mezbonligi uchun 4 ta davlat ariza berdi

© Press-slujba AFUKubok Azii po futbolu
Kubok Azii po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Qatar Osiyo kubogini oʻz maydonlarida oʻtkazish taklifini bergan.
TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Osiyo Kubogi—2023 musobaqasi mezbonligi uchun 4 ta mamlakat taklif kiritdi. Bu haqda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) rasmiy saytida maʼlum qildi.
Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Qatar Osiyo kubogini oʻz maydonlarida oʻtkazish taklifini bergan. Osiyo kubogi-2023 ga mezbonlik qilish boʻyicha hujjatlarni taqdim etish 17 iyundan boshlab 31 avgustga qadar davom etadi.
2022 yil 17 oktyabr sanasida OFK Ijroiya qoʻmitasi 24 jamoa ishtirok etadigan musobaqa mezboni nomi eʼlon qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, Osiyo kubogi—2023 musobaqasi Xitoyda boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan edi. Ammo mamlakatdagi COVID-19 pandemiyasi sabab Xitoy uni oʻtkazishdan bosh tortgan. Musobaqa 2023 yilning 16 iyundan 16 iyuliga qadar davom etadi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan ilgari 2023 yilda futbol boʻyicha boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogiga yoʻllanma olgan. Oʻzbekiston ketma-ket 8 marta Osiyo kubogida ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0