Iqtisod

“UzAuto Motors” “Tracker” avtomobillarini toʻliq turkumda ishlab chiqarishni boshladi – foto

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston, Xitoy va Braziliyadan keyin eksport bozorlarida eng talabgir “Chevrolet Tracker 2023” avtomobilini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan uchinchi mamlakatga aylangan.
TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. 18 iyul kuni “UzAuto Motors” AJ Asaka shahridagi zavodida “Chevrolet Tracker 2023” avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi.
“Oʻzbekistonda birinchi marta krossoverlar toʻliq tsiklda ishlab chiqarila boshlandi”, - deyiladi kompaniya xabarida.
Avtomobillar sotuvi 30 avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan, biroq uning narxi qancha boʻlishi ochiqlanmagan. Birinchi bosqichda “Tracker” 3 ta asosiy: LS, LT va Premier komplektatsiyalarda ishlab chiqariladi.
Kompaniya xabariga koʻra, Oʻzbekiston, Xitoy va Braziliyadan keyin eksport bozorlarida eng talabgir, Braziliya, Meksika va Filippinda eng koʻp sotiladigan “Chevrolet Tracker 2023” avtomobilini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan uchinchi mamlakatga aylangan.
Avtomobilni GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu Asaka avtomobil zavodini modernizatsiya qilish va mahalliy yetkazib beruvchi hamkorlar tomonidan ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan sarmoyalar tufayli amalga oshirildi. Investitsiyalarning umumiy hajmi 620 million dollardan ortiq.
Bu bosqichda platformaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 80 ming dona “Tracker” avtomobilini tashkil etadi.
Ushbu loyihani amalga oshirish jarayonida Asaka zavodida lazer va plazmali payvandlash, kuzovni lazer bilan oʻlchash kabi yangi texnologiyalar oʻzlashtirilgan, shuningdek, zavod va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilarda ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, “UzAuto Motors Powertrain” zavodida “Tracker”ni jihozlashda foydalaniladigan zamonaviy va tejamkor 1,2 hajmli, uch tsilindrli CSS Primeturbodvigatellarni ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan. Yangi dvigatel Xitoydan olib kelinadigan 125 ot kuchiga ega “Tracker”avtomobillari dvigatelidan kuchliroqdir. Yangi “Tracker” quvvati 132 ot kuchiga ega.
Taʼkidlanishicha, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida ayni paytda yangi zavodlar qurish va plastik yonilgʻi baklari, rul kamarlari, rezina qistirmalari, quyma temir qismlari, issiq shtamplash qismlari va boshqa butlovchi qismlarni ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish dasturi faol amalga oshirilmoqda.
© Sputnik
UzAuto Motors nachala seriynoye proizvodstvo Chevrolet Tracker 2023 - Sputnik Oʻzbekiston
1/10
© Sputnik
UzAuto Motors nachala seriynoye proizvodstvo Chevrolet Tracker 2023 - Sputnik Oʻzbekiston
2/10
3/10
4/10
5/10
6/10
7/10
8/10
9/10
10/10

“Chevrolet Tracker 2023”ning ayrim xususiyatlari

- 1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 97 kV quvvatga ega zamonaviy uch tsilindrli CSS Prim turbomotor;
- 6-pogʻonali avtomatik uzatmalar qutisi;
- aralash tsilkda tejamkor yoqilgʻi sarfi 6,9 l/100 km, shahar tashqarisidagi yoʻlda harakatlanish- 5,6 l/100 km;
- xavfsizlikni taʼminlash tizimi (past tezlikda avtomatik tormozlash, koʻrinishi cheklangan joylar monitoringi, faol favqulodda tormozlash, oldinda turgan toʻsiqlar haqida ogohlantiruvchi signalizatsiya, yarimavtomat (parallel) toʻxtash tizimi;
- haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (Klimat kontrol);
- kruiz-kontrol;
- kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;
- elektr mexanizmga ega haydovchi oʻrindigʻi;
- eko-charmdan oʻrindiqlar qoplamalari;
- simsiz quvvatlash;
- toʻliq svetodiod optikasi va LED orqa gabarit chiroqlar.
Yangiliklar lentasi
0