Jamiyat

Changli havoda allergik kasalligi bor fuqarolarga tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi

© Sputnik / Ivan Makeyev / Fotobankka oʻtishDevushka stryaxivayet s sebya topolinыy pux
Devushka stryaxivayet s sebya topolinыy pux - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xastaliklari bor bemorlar shifokor maslahati bilan allergiyaga qarshi dori vositalari dozalarini oshirishlari lozim.
TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Mamlakatning ayrim hududlarida kuzatilayotgan chang-toʻzon hodisasi nafas yoʻllari xastaliklariga chalingan bemorlar salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bunday ob-havo sharoitida qanday yoʻl tutish kerakligi boʻyicha tibbiyot fanlari doktori Ilmira Razikova tavsiyalar berdi.
Mutaxassis qayd etishicha, bronxial astma, allergik rinit, allergik konʼyuktivit, tomoq qichishishi bilan kuzatiladigan yoʻtal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boshqa nafas yoʻli surunkali kasalliklari bor insonlar tashqariga chiqmasliklari kerak.
“Toʻzonli havo tarkibida oʻsimlik changlari, zamburugʻ sporalari juda katta kontsentratsiyada boʻladi. Shu bois xastaliklari bor kishilar shifokor maslahati bilan allergiyaga qarshi dori vositalari dozalarini oshirishlari lozim”, deydi Ilmira Razikova.
Tibbiy tavsiyalar:
Xona yoki inshootlarni nam latta bilan tozalab turish;
Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qoʻyish;
Derazalarni yopiq holda saqlash;
Koʻproq suv ichish, tez-tez dush qabul qilish;
Ogʻiz va burun boʻshligʻini tuzli eritma bilan yuvish.
Ochiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yurish va ularni har ikki soatda almashtirish shart. Yosh bolalar, homilador ayollar va yoshi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor boʻlishlari tavsiya etiladi.
Tashqi muhitdagi changlar tufayli nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, koʻzlarda va tomoqda qichishish va qizarish, yoʻtal belgilari yuzaga kelgan fuqarolardan, tezda oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinikalarga murojaat qilishlari soʻraldi.
Murojaat uchun raqamlari:
"103" xizmati;
"1003" qisqa raqamli Sall-markazi.
Yangiliklar lentasi
0